O‘zbekiston | 08:53
905
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan va Nukusda jamoat transporti YeTTB ko‘magida modernizatsiya qilinadi

Loyiha doirasida zamonaviy harakat tarkiblari xarid qilib, elektrobus parki tashkil etish rejalashtirilgan. 

Foto: Transport vazirligi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Namangan va Nukus shahri jamoat transporti tizimi takomillashtiriladi.

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, mamlakatdagi shahar va tumanlarni ekologik toza jamoat transporti bilan to‘liq ta’minlash, xususan, Namangan hamda Nukus shahri jamoat transporti tizimini takomillashtirish va aholiga qulay yo‘lovchi tashish xizmatlarini yaratish maqsadida YeTTB bilan hamkorlikda yirik loyihaga boshlanmoqda.

YeTTB moliyalashtirayotgan loyiha jamoat transport tizimini xalqaro talablarga mos ravishda modernizatsiya qilishni nazarda tutadi. Loyiha doirasida zamonaviy harakat tarkiblarini xarid qilish va elektrobus parki (depo) tashkil etish ko‘zda tutilgan. Buyuk Britaniyaning Atkins kompaniyasi loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqadi.

Bankning Osiyo mintaqasidagi vakili Nadejda Klyuchnikova boshchiligidagi ishchi guruh Namangan shahri hokimi Anvarjon Otaxo‘jayev bilan uchrashuvda loyihaning amaliy qadamlarini muhokama etdi.

Mavzuga oid