Avval audio asosida voqeaning özini tahlil qilib köramiz. Yiğilişlardan birida Töra Bobolov Angor tumani prokuroriga tanbeh beradi. Uni sektor işlarini olib bormaslikda, eksport körsatkiçlarini bajarmaslikda ayblaydi. Eng muhimi – tadbirkorlarga tösqinlik qilayotganini rökaç qilib, qattiq gapiradi, haqoratli sözlar aytadi.

Bir qaraşda hokimning prokurorni bu kamçiliklar uçun koyişiga asos yöq, çunki qonun böyiça bu işlar prokuror vakolati va javobgarligida emas. Ammo sektor tizimi yölga qöyilişi ortidan tumanlar prokurorlariga ham ma’lum hudud va qöşimça mas’uliyat yuklangan. Şuning ortidan viloyatdagi barça hokim oldida hisobdor bölib qolgan.

Angor tumani prokurori Sirojiddin Ramazonov ham baqirişlarga jim qarab turmaydi va tadbirkorlar davlat pulini ömarayotgani uçun suriştiruvga çaqirganini bildiradi. Bu javob hokimni battar darğazab qiladi va prokurorni oçiqdan oçiq sökib, haqoratlay boşlaydi. Keyinçalik hokim yana kim bilandir suhbatida bu prokurorning özboşimçaligi ustidan boş prokurorga arz qilişini ham bildiradi.

Masalaning eng nozik jihati – Bobolov himoya qilayotgan tadbirkor aslida unga yaqin odam bölişi mumkinligida. Bu fakt hali rasman aniqlanmagan bölsa-da, bir neça kişi, jumladan viloyat prokuraturasidagi manba ham tasdiqlagan. Ya’ni Bobolov öziga tegişli odamni himoyalaş uçun tergov işiga bevosita aralaşmoqda, deyişga asoslar bor.

Hammani qiziqtirgan savol – endi voqealar rivoji qanday keçadi?

Bu böyiça bir neça ssenariyni taxmin qiliş mumkin:

1. Qonuniy çora

Masalaning huquqiy yeçimi qonunlarda aniq va ravşan yozib qöyilgan.

Audiodan biliş mumkinki, viloyat hokimi Töra Bobolov prokurorni turli uyatsiz sözlar bilan haqorat qilgan. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-moddasiga köra haqorat qiliş, ya’ni şaxsning şa’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitiş – BHMning 20 baravaridan 40 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.

Şuningdek, uşbu holatda Bobolovning prokuratura iş yurituvidagi jinoyat işi tergovi (yoki suriştiruvi)ga ham bevosita aralaşgani kuzatiladi. Jinoyat kodeksining 236-moddasiga köra, tergov qilişga yoki sud işlarini hal etişga aralaşiş, ya’ni işni har tomonlama, töla va xolisona örganilişiga tösqinlik qiliş maqsadida suriştiruvçi, tergovçi yoki prokurorga qonunga xilof ravişda ta’sir ötkaziş mansabdor şaxs tomonidan sodir etilgan bölsa, muayyan huquqdan mahrum etib, 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.