MXXning Surxondaryodagi öyinlari. Sobiq rektor adolat istaydi
|17:59 / 07.06.2018303 20027 min
2002—2004 yillarda Termiz davlat universiteti (TerDU) rektori bölib işlagan iqtisod fanlari doktori, professor Xidirnazar Allaqulov Kun.uz tahririyatiga murojaatida öz vaqtida yuqori idoralar tomonidan öziga nisbatan qilingan adolatsizliklar haqida bayon qildi. Uning quyida keltiriladigan tarixidan Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq amaldorlari, MXX raisining sobiq örinbosari, ayni vaqtda qamoqda bölgan Şuhrat Ğulomov va MXX sobiq tergovçisi, sobiq boş prokuror Raşid Qodirovning kuyovi Nodir Töraqulov nomlarini ham köriş mumkin. MXX zobitlariga qarşi çiqa olgan, öziga nisbatan sud işida ham yutib çiqqan professor Xidirnazar Allaqulov endi adolat qaror topib, lavozimi va şa'ni tiklanişini istaydi.
Iqtisod fanlari doktori, professor Xidirnazar Allaqulov Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 24 maydagi qarori bilan Termiz davlat universiteti (TerDU)ning rektori etib tayinlangan. Öşa vaqtda MXX Surxondaryo viloyati boşqarmasi boşliği lavozimida Şuhrat Ğulomov, tergov bölimi boşliği lavozimida Nodirbek Töraqulov faoliyat yuritayotgan, boşqarmaning TerDU böyiça kuratori esa Orif Boborajabov edi. Universitetda 2002-2003 öquv yili uçun abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinayotgandi. Dosent Örol Xudoyqulov tarix fakulteti kunduzgi bölimiga hujjatlarni qabul qiliş böyiça ma'sul etib tayinlanadi.
Töplangan dalillarga köra, Örol Xudoyqulov rektor qabuliga kelib, (Orif Boborajabov MXX Surxondaryo viloyat boşqarmasining TerDU böyiça kuratori) 2002 yilda Tojikiston Respublikasi Şahrinov tumanidagi 21-örta maktabdan Komiljon Abduraimoviç Kuliyev nomiga berilgan AB №249675 raqamli attestatni unga qoldirib, hujjatlarni qabul qilib rasmiylaştirişni buyurib ketganini ma'lum qiladi.
Kurator Boborajabov Komiljon Kuliyev Özbekiston fuqarosi ekanini tasdiqlovçi pasportni Xudoyqulovga körsatmasdan, öz dastxati bilan mazkur attestat egasining şaxsi haqida ma'lumot yozib berib ketgan. Kurator yozib qoldirgan ma'lumotini asliça keltiramiz: «Yaşaş joyi, Denov tumani, Mustaqillik j/x, «Katta Qarşi»
Mavzuga oid
qişloği. 2002y. Denov tumanidagi 22-örta maktabni tugatgan. Ona tili tojik tili. Pasport № SS0203363 vydan 28.03.02g. Denauskim ROVD. Tarix fak-ti kunduzgi bölim. Otasi – Kuliyev Abduraim – işçi, Onasi – Kuliyeva Saodat – uy bekasi
»
Rektor Xudoyqulovga abituriyentning özi pasporti bilan kelmagunça, hujjatlarni qabul qilmaslik haqida körsatma bergan. Ammo Boborajabov (MXX kuratori) qabul komissiyasiga bir neça marta kelib, Xudoyqulovdan Kuliyevning attestatini qabul qilib, rasmiylaştirişni talab qilgan va qistovga olgan.
Xudoyqulov esa rektor topşiriğiga köra qölida turgan hujjatlarni rasmiylaştirmagan. Şundan keyin kurator Xudoyqulovdan keçqurun fufayka (paxtali kiyim) kiyib, pasporti bilan MXX Surxondaryo viloyati boşqarmasiga borişini tayinlagan.
Rektor çöçib qolgan Xudoyqulovga bir neça kun işga kelmasdan, uyida qolişiga ruxsat bergan.
Hujjatlar qabul qiliş muddati tugagandan söng kurator Örol Xudoyqulovdan attestat va özi yozgan soxta ma'lumotnomani olib ketadi. Nusxalar esa rektor Allaqulov qölida qoladi.
Birinçidan, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan xorijiy davlatlarning fuqarolarini Özbekistondagi oliy ta'lim muassasalariga qabul qiliş tartib-qoidalari belgilab qöyilgan.
Umumiy asosda test sinovlariga qatnaşib, yetarli ball töplagan xorijlik abituriyentlar, avvalo Vazirlar Mahkamasi belgilab qöygan summani valyutada bankdagi hisob raqamiga (universitetning hisob raqamiga emas) tuşirişlari lozim. Şundan söng Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan rektorning xorijlik abituriyentni talabalikka qabul qiliş haqidagi buyruği çiqariladi.
MXX Surxondaryo viloyati boşqarmasi xodimi nafaqat qabul jarayonlariga oid hukumat qarorlarini oyoqosti qilmoqçi, balki davlatni valyuta tuşumidan mahrum etmoqçi bölgan.
Ikkinçidan, özi yöq, şaxsi va fuqaroligi noma'lum şaxsning hujjatlarini zöravonlik bilan qabul qildiriş yoki qabul qiliş qonunlarga «xiyonat» hisoblanadi.
Kurator Boborajabov rektordan 2002-2003 öquv yili uçun iqtisod mutaxassisligi kunduzgi bölimiga hujjat topşirib, test sinovlaridan 47,60 ball (guruhi – 269, javob varaqasi №0200356) töplagan abituriyent Artem Vyaçeslavoviç Konopleyevni talabalar safiga qabul qilişni ham talab qilgan, u rektorga buni MXX Surxondaryo viloyati boşqarmasi boşliği Şuhrat Ğulomov talab qilayotganini bildirib, buyruq çiqarişni söragan.
Kurator 2002 yil noyabr oyi mobaynida uşbu abituriyentga buyruq çiqarişni bir neça marta talab qiladi. Rektor esa bu talabni bajarmaydi. Ular bosimini kuçaytirişgan, şu bois 2002 yil 28 noyabr kuni bu haqida universitet rahbariyati va qabul komissiyasi a'zolari iştirokida dalolatnoma tuzib qöyilgan.
Şundan söng, MXX Surxondaryo viloyati boşqarmasi tergov bölimi boşliği Nodirbek Töraqulov rektor qabuliga kelib, TerDU haqida yuqori idoralarga taqdimnoma kiritilişini aytib, rektor Allaqulovga tahdid qilgan.
2003 yilning 25 yanvar kuni MXX Surxondaryo viloyati boşqarmasi boşliği Şuhrat Ğulomovning imzosi bilan yuqori idoralar, şu jumladan, Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Saidahror Ğulomovga taqdimnoma kiritilgan. Taqdimnoma ijroçisi tergov bölimining boşliği Nodirbek Töraqulov edi.
Uşbu taqdimnomadan ayrim jumlalarni asliça keltiramiz:«… Sleduyet takjye otmetit, çto rektor TermGU Allakulov X. vidya i oşçuşçaya na sebe ves etot negativnyy protsess niçego ne predprinimaya, sobirayet vokrug sebya, a imenno, naznaçayet na rukovodyaşçiye doljnosti lits, ne imeyuşçix svoyego mneniya, a xujye vsego kotoryye ne znayut dajye svoi funksionalnyye obyazannosti i protsess raboty v VUZe.
Naprimer, naçalnik otdela kadrov VUZa Bekmuradov X., raneye rabotavşiy prepodavatelem istoriçeskogo fakulteta TermGU, v svyazi s tem, çto ne znayet ili ne jyelayet znat svoix obyazannostey, postoyanno vstupayet v konflikt ili ne mojyet otvetit na voprosy sotrudnikov TermGU v çasti yego kasayuşçeysya. Krome togo, Allakulov X. naznaçil na doljnosti prorektorov Dusyarova X. i Berdiyeva U., kotoryye yavlyayutsya kandidatami nauk, xotya v VUZe imeyetsya i doktara nauk i professora, dostoynyx etix doljnostey.
S razreşeniya Allakulova X. na rabotu v kaçestve ekspeditora byl prinyat Jumayev X., kotoryy rodom iz Oltynsayskogo rayona Surxandarinskoy oblasti. V svyazi s tem, çto rektor ne soglasovav voprosy o prinyatii i naznaçenii Jumayeva X. na rabotu, byli rasprostraneny sluxi o tom, çto Allakulov X. sobirayet v Universitete svoix zemlyakov /Allakulov X. sam rodom iz Oltynsayskogo rayona Surxandarinskoy oblasti/.
Vse vyşeukazannyye fakty vo-pervyx, nanosyat uron avtoritetu naşey strany /lyudi, dayuşçiye znaniye naşim detyam, vsegda olitsetvoryali intelligentsiyu i svet gosudarstva/, vo-vtoryx, nanosyat nepopravimyy uşçerb v vospitanii molodogo pokoleniya /naşi deti vidyat vse eti negativnyye protsessy/, v tretix, vyzyvayet nedoveriye sredi naseleniya v poluçenii dostoynogo obrazovaniya i spravedlivosti provedeniya testovyx ekzamenov v svyazi s çem prosim Vas v blijayşeye vremya dat sleduyuşçiye ukazaniya sootvetstvuyuşçim Upravleniya vverennogo Vam Minesterstva dlya ozdorovleniya klimata i obstanovki v Termezskom Gosudarstvenno Universitete:
provesti besedu s rektorom VUZa Allakulovym X. po voprosam kadrovoy politiki, a takjye nedopuşçeniya vpred podobnyx naruşeniy;
provesti v blijayşeye vremya kompleksnuyu i inspektorskuyu proverki so storony kompetentnyx sootvetstvuyuşçix podrazdeleniy vverennogo Vam Ministerstva …»
MXX Surxondaryo viloyati boşqarmasi rahbar xodimlarining noqonuniy talablarini bajarmagani uçun ular rektorga tahdid qilib, taqdimnomalar kiritgan.
Rektor X.Allaqulovga qadar test sinovlarida mutlaqo qatnaşmagan yoki yetarli ball töplay olmagan yoxud hujjatlarini boşqa şaharlardagi oliy öquv yurtlariga topşirib, test sinovlarida yetarli ball töplay olmagani uçun talabalikka qabul qilinmagan abituriyentlar sobiq rektorlarning talabalikka qabul qiliş haqidagi buyruqlarisiz universitetning talabalari tarkibiga kiritilib, noqonuniy öqitilib, noqonuniy diplomlar berib kelingan.
Rektor noqonuniy öqitib kelingan talabalar röyxatini ilova qilgan holda Vazirlar Mahkamasi, Prezident Devoni va boşqa idoralarga ma'lumotnomalar taqdim etgan, muammo hal etilişini söragan. Lekin heç narsa özgarmagan.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlarning xodimlari, hokimiyat vakillari va boşqa şaxslar undan bu «talabalar»ga kiriş buyruqlari çiqarib, qonuniy qabul qilingan talabalar safiga qöşişini talab qilişadi. X.Allaqulov ularning talablarini yana bajarmaydi.
TerDUda şunday muammo borligini MXX va huquqni muhofaza qiluvçi boşqa organlar hamda yuqori idoralar yaxşi bilişgan. Aniqlanişiça, bunday «talabalar» soni 917 nafar bölgan. Lekin MXX xodimlari özlarini bilmaganga olib kelişgan. Çunki bunday «talabalar» safida ularning farzandlari, qarindoşlari va boşqa taniş-bilişlari bor edi. Bu muammoni X.Allaqulov kötarib çiqqani ularga yoqmaydi va ular rektorning özini aybdor qilmoqçi bölişadi.
X.Allaqulov TerDUning ğaznasi va bankdagi hisob raqamidan Surxondaryo viloyat va Termiz şahar prokuraturalarining hamda viloyat xöjalik (hozirgi iqtisod) sudining mansabdor şaxslarining himoyasida bölgan universitetning mansabdor şaxslari, firma va bank muassasasi rahbarlari tomonidan talon-toroj qilingan rasmiy kursda 600 000 (olti yuz ming) AQŞ dollariga teng pulni universitetga qaytartirdi. Bunga qadar TerDUni yillar davomida qayta-qayta tekşirib, taftiş qilgan MXX Surxondaryo viloyat boşqarmasi buni körmaganmidi?
Allaqulov rektorligi davrida TerDUda amalga oşirilgan işlardan ba'zilarini Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi Hay'atining qarorlari, vazirlikning Vazirlar Mahkamasiga yuborgan xati va boşqa rasmiy hujjatlar asosida keltirib ötiladi.
X.Allakulov professor-öqituvçilar orasida soğlom raqobat muhitini yaratiş maqsadida ijodiy izlanişlarga köra, erişilgan natijalariga qarab, eng kam iş haqining bir barobaridan olti barobarigaça tabaqalaşgan ustama iş haqlarini joriy etgan. Gollandiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Avstraliya kabi mamlakatlardagi oliy öquv yurtlarida TerDU professor-öqituvçilari tajriba almaşdilar. Özaro manfaatli ilmiy-amaliy aloqalar yölga qöyildi. Universitet Osiyo universitetlari Federatsiyasi a'zoligiga qabul qilindi. 2002-2004 yillar uçun taraqqiyot hisoblangan «Axborot texnologiyalari va masofadan öqitiş markazi» taşkil etildi. Öquv jarayoniga 300 ga yaqin kompyuterlar olib kirilib, 13 ta maxsus kompyuter sinflari taşkil etildi. Barça bölimlar, kafedralar va öquv zallari internet tizimiga ulandi, ular örtasida elektron poçta tizimi joriy etildi. Yangi informatsion texnologiyalarga asoslangan kompyuterlaşgan «lektor» tizimi orqali tasvirli subtitr yozuvli ma'ruzalar öqitilişi yölga qöyildi. Yettita zamonaviy laboratoriya işga tuşirildi. Kutubxonadagi kitoblar fondi uç barobarga boyitilib, uçta elektron öquv zallari taşkil etildi.
Bu işlar öz samarasini berdi: Professor-öqituvçilar tomonidan Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tavsiya qilgan önlab darsliklar, elektron-öquv qöllanmalar çop etildi. Universitet olimlari tomonidan önlab monografiyalar naşr qilindi. Yigirmadan ortiq ixtirolik işlari uçun patentlar olindi. Doktorlik, ön oltita nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Talabalarning fan olimpiadalari böyiça 59-örinda turgan TerDU, 2003 yilga kelib respublikadagi oliy öquv yurtlari örtasida yuqori örinlarni egallagan bölsa, hududlardagi (Toşkent şahrida joylaşgan OTMlardan taşqari) oliy öquv yurtlari orasida esa birinçi öringa çiqib oldi.
Magistrantlar safidan esa «JICA» fondi grantlarining sovrindorlari yetişib çiqib, ular Yaponiya oliy öquv yurtlariga tahsil olişga yuborildi. Talabalar orasidan Davlat stipendiyalarini olişga sazovor bölganlar miqdori uç barobarga köpaydi. Sportçi talaba yoşlar tarkibidan xalqaro turnirlar ğolibi, Osiyo qit'asi çempionlari yetişib çiqdi.
Lekin universitetda ijobiy özgarişlar bölayotganini körib turgan MXX Surxondaryo viloyati boşqarmasi boşliği Şuhrat Ğulomov va tergov bölimi boşliği Nodirbek Töraqulov kiritgan taqdimnomalarida asossiz ma'lumotlarni qayd etişgan.
Taqdimnomalar kiritilganidan keyin boşqarma xodimlarining tahdidi yanada kuçaydi.
X.Allaqulov rektor bölib işga borgaç, talabalar kontingentini tekşirgan. Xodimlar bölimida saqlanişi şart bölgan hujjatlar, şu jumladan talabalar kiriş buyruqlarining bir qismi yöqligi aniqlangan. Hisobxonadagi ahvol ham xuddi şunday edi. Bu hujjatlar MXX Surxondaryo viloyati boşqarmasining oğzaki talablariga köra boşqarmaga berib yuborilgan va keyinçalik universitetga qaytarilmagan.
Rektor universitetdan çiqadigan har bir hujjat yozma sörovnomalarga köra uning ruxsati bilan tegişli ravişda rasmiylaştirilib berilişi haqida körsatma bergan.
Ammo MXX Surxondaryo viloyati boşqarmasi xodimlari oğzaki ravişda barça talabalarning öqişga qabul qilinganligi töğrisidagi buyruqlarini boşqarmaga yetkazib berişni uzluksiz ravişda talab qilgan. Lekin ularning bu talablari ham bajarilmagan. Ular esa taqdimnomada familiyasi keltirilgan xodimlar bölimi boşliği dotsent X.Bekmuradov va boşqa xodimlarga döq-pöpisa qilib, pasporti bilan boşqarmaga borişni talab qilgan. Bunday xatti-harakatlar haqidagi hujjatlar Kun.uz naşrida mavjud.
X.Allaqulov universitetda noqonuniy öqitilib kelingan «talabalar» muammosi böyiça prezidentning davlat maslahatçisi, akademik Töxtapölat Rixsiyev nomiga ma'lumotnoma taqdim etgan. T.Rixsiyev 2003 yil 17 apreldagi 07-585 sonli xati bilan «Komissiya tuzib, uşbu muammo uzil-kesil hal qilinsin» degan mazmunda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligiga körsatma bergan. Vazirlikning 2003 yil 18 apreldagi 91-sonli buyruğiga asosan maxsus komissiya tomonidan uşbu muammo universitetda örganilgan. Vazirlikning navbatdagi Hay'atida MXX Surxondaryo viloyati boşqarmasi taqdimnomasida familiyalari keltirilgan ma'naviyat va ma'rifat işlari böyiça 1-prorektor X.Dusyarov va öquv işlari böyiça prorektor O‘.Berdiyev lavozimlaridan ozod etilgan.
Holbuki undan oldin X.Allaqulov moddiy manfaatdorlik evaziga «talabalar»ning noqonuniy öqitilib kelinişida iştirokçi bölgan öquv işlari böyiça prorektor Asroriddin Qosimov va ma'naviyat va ma'rifat işlari böyiça 1-prorektorni lavozimdan ozod etib, noqonuniy işlarga aralaşmagan X.Dusyarov va O‘.Berdiyevni ularning örniga prorektor vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlagandi. Lekin endi ular vazirlikning Hay'ati qaroriga köra lavozimdan ozod etildi. X.Allaqulov esa noqonuniy öqitilib kelingan «talabalar» muammosini kötarib çiqqani uçun vazirlik Hay'atida ogohlantiriş bilan «mukofotlanadi».
Binobarin, şu davrga kelib MXX raisining muovini lavozimida faoliyat yuritayotgan Şuhrat Ğulomovning Surxondaryo viloyat boşqarmasi boşliği paytida kiritgan taqdimnomasidagi talablar bajarildi. Ammo noqonuniy öqitilib kelingan «talabalar» muammosi oçiq qoldirildi.
X.Allakulovning sözlariga köra, Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri akademik Saidahror Ğulomov rektor X.Allaqulovga öquv işlari böyiça prorektor lavozimiga professor Şukur Xurramovni tavsiya etişini tayinlagan, rektor vazirga rad javobi qaytargan. U özida professor Ş.Xurramov universitetdagi noqonuniy qilmişlarni sodir etgan guruhlardan birining boşçisi ekanligi haqida rasmiy hujjat mavjudligi va u prorektor bölib işlagan kezlarda moddiy manfaatdorlik evaziga «talabalar» noqonuniy öqitilib kelinişiga homiylik qilgani, bu töğrisida universitetdagi öqişini tugatgan, lekin kiriş buyruqlari bölmaganligi uçun diplom ololmayotgan şaxslarning tuşuntiriş xatlari mavjudligi haqida vazirga axborot bergan. Şundan söng vazir MXXning vazirlik böyiça kuratori Ş.Xurramovni prorektor etib tayinlaşni söraganini rektorga ma'lum qilgan va bu mavzuga nuqta qöygan.
Şuhrat Ğulomov MXX Surxondaryo viloyati boşqarmasi boşliği bölib işlagan kezlarda Şuhrat Toşpölatov unga muovinlik qilgan.
Taqdimnomalar kiritilganidan biroz vaqt ötib Şuhrat Ğulomov MXX raisining muovini lavozimiga kötarilgan. Şuhrat Toşpölatov esa MXX Jizzax, Toşkent viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmalari boşliği, Toşkent viloyati boşqarmasi boşliği, bir vaqtning özida MXX raisi muovini lavozimlarida faoliyat yuritadi.
X.Allakulovning aytişiça, Professor Şukur Xurramov Şuhrat Toşpölatovning poççasi (xolasining eri) böladi. Şuning uçun MXX uni prorektor etib tayinlaşni söragan.
Öşa vaqtdagi hukumat inflyatsiyani jilovlaş uçun muomaladagi pul massasini qisqartiriş yölini tanlab xato yöldan bordi. Oqibatda, banklar mijozlarini yetarli miqdordagi pul mablağlari bilan ta'minlamadi. Natijada kişilar peşona teri bilan işlab topgan iş haqi va nafaqalarini, talabalar esa stipendiyalarini bir neça oylab ololmasdan ovora bölişdi. Odamlar jabr kördi. Şunday holat TerDUda ham kuzatiladi.
TerDU va uning atrofida sodir etilgan va X.Allaqulov çek qöygan noqonuniy işlardan manfaatdor professor Şukur Xurramov rahbarligidagi guruhning «muştipar» a'zosi, lavozimidan ozod etilgan iqtisodiyot fakulteti dekanining muovini Suluv Xamidovaning imzosi bilan Boş vazirning birinçi örinbosari Rustam Azimov nomiga 2004 yilda ustma-ust telegrammalar yuborildi. Tölovi keçiktirilayotgan iş haqi va stipendiyalar uçun rektor aybdor qilib körsatildi.
Rustam Azimov va Markaziy bank boşqaruvi raisi Fayzulla Mullajonov tomonidan banklarning rahbarlariga banklardan bir söm ham çiqarmaslik haqida körsatmalar berilganiga qaramasdan, şikoyatçining telegrammalarida körsatilgan muammoga «yeçim» topildi: «Telegrammada körsatilgan ... salbiy holatlarni sodir etgan hamda sodir etilişiga yöl qöygan rahbar va ma'sul şaxslarni javobgarligini aniqlab va asoslangan faktlarni huquqni nazorat qiluvçi organlarga taqdim etişingizni sörayman» deb tegişli vazirliklarga körsatma bergandi boş vazirning birinçi örinbosari.
Şundan söng, Moliya vazirligi, Nazorat-taftiş Boş boşqarmasi va Surxondaryo viloyat prokuraturasi 2004 yil mart oyidan TerDUni tekşira boşlaydi. Tekşiruv işlariga Surxondaryo viloyatidagi barça tuman va şahar prokuraturalari hamda Samarqand va Buxoro viloyatlari prokuraturalari jalb etildi. Respublika Markaziy banki ham qarab turmaydi va öz yönalişidan turib, universitetga nisbatan tekşiruv işlarini olib boradi.
Tekşiruvlar «natijalari»ga köra, Surxondaryo viloyat prokuraturasi 2004 yil 26 aprel kuni X.Allaqulovga nisbatan qasddan mansab vakolatini suiiste'mol qilgan, mansab sovuqqonligi va xizmat soxtakorligini sodir etgan, deb jinoyat işi qözğatadi. Boş prokuratura jinoyat işini alohida nazoratga oladi.
Tergov harakatlari olib borilayotganiga qaramasdan, «Özbekiston ovozi» gazetasining boş muharriri Safar Ostonovning imzosi bilan uşbu gazetaning 2004 yil 20 may sonida «Respublika prokuraturasi diqqatiga» degan tahdidli ruknda rektor haqida «Holvani rektor, kaltakni student yeydimi? Yoki davlat byudjyetidan ajratilgan mablağlar ayrim joylarda qanday talon-toroj qilinayotgani va öğirlanayotgani haqida» sarlavhali feleton çop etildi.
S.Ostonov X.Allaqulovning aybdorligi haqida fel'yeton berayotgan vaqtda Özbekiston Konstitutsiyasining 26-moddasiga binoan, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir şaxsning işi sudda qonuniy tartibda, oşkora körib çiqilib, uning aybi aniqlanmagunça u aybdor hisoblanmaydi, degan aybsizlik prezumptsiyasining oltin qoidasidan nahotki bexabar bölgan bölsa?
Voqealar rivoji şunday köriniş oladiki, Oliy va örta maxsus ta'limi vaziri qözğatilgan jinoyat işi va feletonni asos qilib, Allaqulovga rektorlik lavozimidan ketiş haqida Boş vazir örinbosari nomiga ariza yozişini talab qiladi. X.Allaqulov esa avvaliga rozi bölmaydi, lekin oilasining tinçligini öylab ariza yozişga majbur böladi.
U Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 17 iyundagi qarori bilan rektor lavozimidan ozod etiladi. Davlat va jamiyat quriliş akademiyasida dekan lavozimida işlagan Zoir Çoriyev TerDUning yangi rektori etib tayinlanadi.
Allaqulov bosim tufayli ariza yozişga majbur bölganini 8 guvoh sudlarning majlislarida tasdiqlagan, ular qatorida Oliy va örta-maxsus ta'lim vaziri örinbosari, akademik Şavkat Ayupov ham bor, körgazmalar va tuşuntiriş xatlari berilgan.
Prokuratura 2004 yil 23 iyul kuni Allaqulovga nisbatan olti epizodli ayblov e'lon qilib, jinoyat işini sudga ötkazadi. Unga nisbatan munosib xulq-atvorda böliş töğrisidagi tilxat oliş orqali oçiqda qoldiriş ehtiyot çorasi qöllanildi.
Sud jarayonlari olib borilayotganiga qaramasdan, «Özbekiston ovozi» gazetasining boş muharriri Safar Ostonov imzosi bilan gazetaning 2004 yil 28 sentabr sonida aybsizlik prezumptsiyasi talablariga zid ravişda «Holvani rektor, kaltakni student yeydimi?» sarlavhali ikkinçi feleton çop etilib, Allaqulov «boş aybdor» deb e'lon qilinadi.
Jinoyat işini jinoyat işlari böyiça Surxondaryo, Qaşqadaryo va Buxoro viloyatlarining tuman sudlaridan boşlab Oliy sud bilan jami 14ta sudning 30 nafardan ortiq sudyasi uç yil mobaynida körib çiqib, X.Allaqulovni sud qilişdi. Uşbu sudlarning barçasi uni haq, prokuratura organlari va matbuotni nohaq deb topişdi.
Jinoyat işlari böyiça Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tuman sudi Allaqulovni qöyilgan ayblar böyiça mutlaqo aybsiz deb e'tirof etdi. 2006 yil 23 fevral kuni Jinoyat protsessual kodeksning 83-moddasi 1, 2 va 3-bandlariga köra oqlov hukmi e'lon qilindi. JPKning 304-314-moddalari tartibida huquqlari tiklanişi va unga nisbatan yetkazilgan zarar qoplanişi lozimligini oqlov hukmida körsatdi.
Ammo prokuratura organlari oqlov hukmini qabul qilolmadi. Protestlar keltirişdi. Şu sababdan sobiq rektor yana bir yarim yilga yaqin sudma-sud yurib, sarson-sargardon böldi.
Dehqonobod tuman prokurori kiritgan protest va Boş prokuratura ikki marta keltirgan protestlar sudlar tomonidan rad etilib, oqlov hukmi yana uç marta öz kuçida qoldirildi.
Sönggi marta jinoyat işlari böyiça Buxoro viloyati sudi apellyatsiya instansiyasi oqlov hukmi asosli va qonuniy ekanligini tasdiqlab, 2007 yil 5 iyun kuni ajrim çiqardi. Uç yil davom etgan sud jarayonlariga nuqta qöyildi va oqlov hukmi uzil-kesil qonuniy kuçga kirdi.
Sud hujjatlari va oqlov hukmida şunday yozilgan: «Universitetda uzoq yillar davomida abituriyentlarni talabalikka qabul qiliş qoidalari qöpol ravişda buzilib, ayrim talabalar noqonuniy yöl bilan öqitilib, ularga noqonuniy diplomlar berib kelingan. X.Allaqulov esa rektor sifatida faoliyatining dastlabki kunlaridanoq uşbu noqonuniyliklarga qarşi kuraşib, bu holatlarga çek qöygan... X.Allaqulov Termiz davlat universitetidagi talon-toroj va noqonuniyliklarga çek qöygani uçun manfaatdor guruhlar va şaxslar unga tuhmat uyuştirgan. Prokuratura tomonidan yuqori idoralarga taqdimnomalar kiritilgan. Prokuratura qanday yöl bilan bölsa-da, X.Allaqulovni ayblamoqçi bölgan».
Sud oqlov hukmi bilan birga Vazirlar Mahkamasiga, Boş vazir örinbosari Rustam Qosimov nomiga «X.Allaqulovning şa'ni, qadr-qimmati va işçanlik obrösini tiklaş maqsadga muvofiq va lozim» degan mazmunda xat kiritadi. Lekin oqlov hukmi va sudning xati mutlaqo e'tiborsiz qoldiriladi.
Boş prokuror Raşid Qodirov va birinçi Prezident Islom Karimov nomlariga kiritilgan murojaatlar ham bee'tibor qolgan.
Şa'ni uçun BMT Boş Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan 1966 yilda qabul qilingan, Özbekiston Respublikasi 1995 yilda ratifikatsiya qilgan, qöşilgan «Fuqarolik va siyosiy huquqlar töğrisidagi xalqaro pakt» nomi bilan ataluvçi xalqaro konvensiya bilan berilgan huquqlaridan foydalanib, Jyenevaga borib, BMTning Inson huquqlari böyiça Komitetiga 2011 yil murojaat qilgan.
Komitet 2017 yil 3-28 iyul kunlari Jyenevada bölgan 120-sessiyasida murojaatnomamni körib çiqib, 19 iyul kuni xulosalar va qaror qabul qildi.
Xidirnazar Allaqulov
Qayd etiş joizki, Komitet «Özbekiston ovozi» gazetasi boş muharriri Safar Ostonovning qilmişlarini davlat tomonidan xalqaro konvensiya moddalarini buziş tarzida muhokama qildi va xulosa qildi.
Komitet qarorining 6.3 bandida: «Komitet X.Allaqulovning hokimiyat tomonidan ötkazilgan bosim tufayli lavozimidan ozod qiliş töğrisida ariza berişga majbur bölgani, işdan böşatişda protsessual qonunlarga rioya qilinmagani va milliy sudlar guvohlarning uning foydasiga bergan körsatmalarini inobatga olmagani haqidagi vajlarini e'tiborga oladi. Komitet mehnat şartnomasi bekor qilingani töğrisidagi buyruq nusxasini X.Allaqulov heç qaçon olmagani tufayli sönggi muddatni ötkazib yuborgani va bu buyruqni u birinçi bosqiç sudida uning da'vosi rad etilgan 2008 yil 28 avgustda birinçi marta körgani haqidagi vajlarini ham e'tiborga oladi» deb yozilgan.
Qarorning 9-bandida: «Paktning 2-moddasi 3-bandiga muvofiq iştirokçi-davlat X.Allaqulovga huquqiy himoyaning samarali vositalarini taqdim etişi şart. Bu Paktda mustahkamlab qöyilgan huquqlari buzilgan şaxslarga töliq xajmda qoplaşni talab qiladi. Uşbu holatda iştirokçi-davlat, jumladan:
a) X.Allaqulovga adekvat, ya'ni töliq hajmda kompensatsiya taqdim etişi, şu jumladan mahrum bölgan iş haqi va olişi mumkin bölgan, lekin ololmay qolgan daromadlari va uning obröyiga yetkazilgan ziyon, sudda işni köriş bilan boğliq sud xarajatlari va uşbu Taqdimnomada körsatilgan buzilgan huquqlari uçun;
b) X.Allaqulovga uning obro‘, şa'ni, qadr-qimmati va işçanlik obro‘ tiklanişi uçun satisfaksiya (qoniqişi)ning tegişli vositalarini şahar sudining 2009 yil 16 yanvar kunidagi qaroriga muvofiq taqdim etişi şart» deb körsatilgan.
Komitetning qarori Özbekistonga 2017 yil avgust oyida kelib tuşgan.
Konstitutsiya böyiça milliy qonunlardan xalqaro Konventsiyalar ustun turadi. X.Allaqulov Komitetning qarori böyiça Prezident, Boş vazir hamda Prezidentning Davlat maslahatçilari va arboblari nomlariga ön ikkimarotaba murojaatnomalar taqdim etgan. Prezidentning şaxsiy qabulini ham söragan. X.Allaqulovning taxminiça, murojaatnomalari Prezident Şavkat Mirziyoyev e'tiboriga yetkazilmagan.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Uluğnor tumanida Andijon viloyati faollari iştirokida 2018 yil 19 may kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida: «Hamma notöğri ketganlarni qaytaraman.... Televizorda köryapsiz, qaytaryapman. Men bilaman nima uçun, ular bir-ikki atrofdagilarga yoqmagan, porasini bermagani uçun haydalgan», deb ta'kidlagan edi.
Hozirda sobiq rektor Xidirnazar Allaqulov Prezident taşabbusi bilan unga nisbatan adolat uzil-kesil qaror topişiga işonmoqda.