Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prokuratura xodimlari kuni: prezident tabrigi o‘qib eshittirildi, mukofotlar topshirildi
Bugun prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyevning soha xodimlari va faxriylariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, prezident farmoni bilan mukofotlangan xodimlarga davlat mukofotlarini prezident administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Nodira Hakimova topshirdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun mamlakatda O‘zbekiston prokuratura organlari xodimlari kuni nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyevning prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.

Qutlovda so‘nggi yillarda tizimda amalga oshirilgan islohotlar natijasida prokuratura organlari xalqqa yanada yaqinlashib, inson qadri, huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarni bevosita joylarda ta’minlayotgan tizimga aylangani alohida ta’kidlandi.
Xususan, o‘tgan yilda qariyb 512 ming nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangani, 54 mingga yaqin murojaat, jumladan 29 mingga yaqin tadbirkor masalalari ijobiy hal etilgani tizim faoliyati samaradorligini ko‘rsatib berishi qayd etildi.



Shuningdek, mahallalarda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tizimli profilaktika ishlari natijasida og‘ir toifadagi mahallalar soni qariyb 1,5 barobar kamaygani aytildi. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida ham minglab huquqbuzarliklarning oldi olingani, davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan katta miqdordagi zararlar undirilgani ta’kidlandi.
Prezident tabrigida raqamlashtirish, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, tergov jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ochiqlik va shaffoflikni yanada kuchaytirish dolzarb vazifa ekani alohida qayd etildi. Prokuratura xodimlari qonun ustuvorligi va adolat timsoli bo‘lib, xalq ishonchini oqlashi zarurligi ta’kidlanib, soha vakillariga mas’uliyatli hamda sharafli xizmatda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolindi.

Qayd etilishicha, kuni kecha prezident farmoni bilan prokuratura xodimlaridan bir guruhi orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Bugungi tadbirda prezident administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Nodira Hakimova ushbu yuksak mukofotlarni topshirdi.
Mavzuga oid
11:23 / 08.01.2026
Prezident prokuratura xodimlari va faxriylarini kasb bayrami bilan tabrikladi
08:30 / 08.01.2026
Bir guruh prokuratura xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
19:56 / 07.12.2025
Hokimlik Nurafshonda prokuratura uchun 4,5 mlrd so‘mga avtoturargoh qurilayotgani haqidagi xabarlar bo‘yicha izoh berdi
12:57 / 06.11.2025