2026 yil 8 yanvar — Özbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan prezident Şavkat Mirziyoyev soha xodimlari hamda faxriylarni bayram bilan qutladi.

Tabrikda ta’kidlanişiça, keyingi yillarda prokuratura organlari faoliyatida keng kölamli özgarişlar amalga oşirilib, tizim xodimlari aholiga yaqinlaşgan, inson qadri, huquq va erkinliklar hamda qonuniy manfaatlarni himoya qiliş, qonun ustuvorligi va adolatni joylarda ta’minlaşga alohida e’tibor qaratilgan.

Prezident sönggi yildagi iş samaralarini misol qilib keltirib, qariyb 512 ming nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangani, 54 mingga yaqin murojaat, jumladan, salkam 29 ming nafar tadbirkor masalasi hal etilganini qayd etdi.

Şuningdek, quriliş, yer resurslaridan oqilona foydalaniş, xotin-qizlar va yoşlarni tazyiq hamda zöravonlikdan himoya qiliş, yoqilği-energetika, ekologiya va kambağallikni qisqartiriş yönalişlarida yangi mexanizmlar ijobiy natija bergani aytildi. Jumladan:

yaşirin iqtisodiyotga qarşi çoralar hisobiga davlat budjetiga 22 trln 300 mlrd söm qöşimça tuşum undirilgan;
quriliş sohasida budjetdan 3 trln 900 mlrd söm ortiqça xarajatning oldi olingani ta’kidlangan.

Kriminogen vaziyatni çuqur tahlil qiliş va tizimli profilaktika natijasida mahallalarda jinoyatçilikni jilovlaş, oğir toifadagi mahallalar sonini qariyb 1,5 barobar kamaytirişga erişilgani ham qayd etildi.

Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti faoliyatiga töxtalib, ötgan davrda 10 mingdan ziyod huquqbuzarlik va jinoyatga çek qöyilgani, davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan 1 trln 800 mlrd söm zarar undirilgani, 13 mingdan ortiq şaxs faoliyati legallaştirilib, tadbirkor sifatida röyxatdan ötkazilgani aytildi.

Tabrikda raqamlaştiriş masalasi ham alohida urğulanib, tergov jarayonlarini raqamlaştiriş orqali inson huquqlari himoyasini kuçaytiriş, prokuratura organlarini ham nazorat idorasi, ham tergovçilarni tayyorlaydigan tizim sifatida yanada rivojlantiriş zarurligi ta’kidlandi.

Prezident korrupsiyaga qarşi kuraşiş yangi bosqiçga kötarilayotgan hozirgi davrda prokurorlik faoliyatida oçiqlikni yanada kuçaytiriş va har bir xodim korrupsiyaga murosasiz munosabatda namuna bölişi kerakligini qayd etdi.

Yakunda davlat rahbari soha vakillariga mustahkam soğliq, mas’uliyatli faoliyatda yutuq va omadlar, xonadonlariga tinçlik va fayz-u baraka tiladi.