Ötgan asrning 70-80-yillarida «yapon mahsuloti» deyilganda sifat jihatdan mukammal bölgan turli buyumlar va texnikalar tuşunilardi. Öşa paytlarda boşqa sohalar kabi Yaponiyaning turli kompaniyalari yuqori texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy mototsikllar va avtomobillar işlab çiqarardi. Ular orasida Honda Motor Co., Ltd kompaniyasi ham bor edi.
Honda ilk taşkil etilganda asosan mototsikllar işlab çiqargan. Uning mototsikllari kompaniya nomini dunyoga maşhur qilgaç, Honda avtomobillar işlab çiqara boşlaydi.
Kompaniya işlab çiqargan mototsikllar va avtomobillariga dunyo böylab qiziqiş kuçli edi va ular muvaffaqiyat bilan sotilardi. Jumladan, 1960-yillar boşiga kelib Honda jahondagi eng köp mototsikl işlab çiqaruvçi kompaniyaga aylanadi. Kompaniya hanuzgaça bu maveini saqlab kelmoqda.
Kompaniyaga 1948 yilda Soitiro Honda va Takeo Fudzisava asos solgan va u hanuzgaça dunyo avtosanoatida öz örniga ega bölib kelmoqda. Bugun dunyoning 20ga yaqin davlatlarida Honda zavodlari bor va ulardan 200 mingdan oşiq odam işlamoqda.

Soitiro Honda
Soitiro Honda 1906 yilda Xonsyu orolida joylaşgan Xammatsu şaharçasida, kambağal temirçi oilasida tuğiladi. Soitironing yoşligi aynan avtomobilsozlik endi rivojlanayotgan davrlarga töğri kelgani uçun u avtomexanikaga juda qiziqadi.
Honda 15 yoşida uydan çiqib ketadi va Tokioga borib, u yerdagi ustaxonalardan birida avtomexanik yordamçisi bölib işlay boşlaydi. 1923 yilda Tokioda kuçli zilzila sodir böladi. Şundan söng köplab ustalar vayron bölgan uylarini tiklaş uçun band bölişadi.
Ana şunda Honda ilk marta özi mustaqil holda maşina ta’mirlaş imkoniyatiga ega böladi va bu sinovdan muvaffaqiyatli ötadi. 1928 yilda Honda ilk patentini qölga kiritadi.
Öşangaça maşinalarning ğildiragi yoğoçdan yasalgan bölsa, Honda ilk marta metal simlardan foydalanadi va buni patentlaştirib qöyadi (Honda faoliyati davomida 150 ta patent olgan).
1928 yilda Honda özi tuğilgan şaharçaga qaytib keladi. U yerda Tokioda işlagan ustaxonasining filialini oçadi va bir neça yil avtomobillarni ta’mirlaş bilan şuğullanadi.

1937 yilda Honda Tōkai Seiki korxonasini taşkil etadi va avtomobillar uçun ehtiyot qismlar işlab çiqara boşlaydi. Ammo muvaffaqiyatsizlikka uçraydi.
Honda Toyota kompaniyasi bilan şartnoma imzolaydi va ehtiyot qismlar yetkazib beradi. Ammo Toyota ehtiyot qismlarni sifatsiz deb qaytarib yuboradi. Şundan söng u Toyota kompaniyasi zavodlariga borib u yerdagi talablarni örganadi va mahsulotlari sifatini talab darajasida işlab çiqara boşlaydi.
Orada Ikkinçi jahon uruşi boşlanadi va Yaponiya iqtisodiyoti faqat harbiy soha uçun işlay boşlaydi. Öşa paytda uning korxonasi ham Yaponiya savdo va sanoat vazirligi tarkibiga ötib ketadi.
1944 yilda AQŞ harbiy samolyotlari tomonidan taşlangan bomba Tōkai Seiki binosiga tuşadi va korxona vayron böladi. 1945 yil 13 yanvarda sodir bölgan zilzila uning yana bir korxonasini yaroqsiz holga keltiradi. Şundan söng uning qölida Toyota kompaniyasining ozroq aksiyalaridan boşqa heç narsa qolmaydi.
Uruşdan söng Honda ustaxona oçib u yerda asosan velosipedlarni ta’mirlaydi. Kunlardan bir kun Honda uruş paytida kiçik elektrostansiyalarda foydalanilgan va taşlab yuborilgan kiçik dvigatelni özining velosipediga örnatadi. Natijada, velosiped mopedga aylanadi.

Şundan söng unga odamlar motor örnatib berişni sörab öz velosipedlarini olib kela boşlaşadi. Öşa paytda taşlab yuborilgan dvigatellar köp edi. Honda işlarga ulgurmay qoladi va yordamga turmuş örtoğini ham jalb qiladi.
Keyinçalik korxonasini kengaytirib, ön nafardan oşiq ustalarni işga ham oladi. 1946 yilda Honda özida bölgan Toyota kompaniyasi aksiyalarini sotadi va Honda texnik tadqiqot institutini (Honda Technical Research Institute) taşkil etadi. Bundan maqsad avtomexanika sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlaş edi.

Orada eski dvigatellar tugaydi va Hondaning özi kiçik dvigatellar işlab çiqara boşlaydi. Ana şu paytda Hondada motorli velosipedlardan köra mototsikl işlab çiqaruvçi korxona taşkil etiş rejasi paydo böladi. Ammo unda bunga yetarli mablağ yöq edi. Şunda u öz loyihasini moliyalaştiriş uçun Takeo Fudzisavaga taklif bilan çiqadi.
Honda kompaniyasining taşkil etilişi
1948 yilda Soitiro Honda Honda Motor Corporation kompaniyasini taşkil etadi va 1949 yildan mototsikllar işlab çiqara boşlaydi. Öşa paytda dunyoning aksariyat rivojlanayotgan davlatlarida odamlarning maşina sotib olişga qurbi yetmasdi. Tört ğildirakli ulovni faqat öziga töqlar xarid qila olardi.
Ana şunday şaroitda nafaqat Yaponiyada, balki dunyoning köplab davlatlarida mototsikllarga talab juda katta edi. Buni yaxşi anglagan Honda aynan mototsikl korxonasini taşkil etib töğri yöl tutgandi.
1950 yilda Honda yangi dvigatellarni işlab çiqara boşlaydi va ular örnatilgan mototsikllar dunyo böylab ommalaşadi.

Bozordagi talab oşişi ortidan Honda öz faoliyatini kengaytira boşlaydi. Natijada, Honda Motor Corporation taşkil etilgandan 10 yil ötib, 1959 yilga kelib u dunyodagi eng köp mototsikl işlab çiqaruvçi kompaniyaga aylanadi.
Honda mototsikllari nafaqat Osiyo va Yevropada, balki AQŞda ham keng ommalaşadi. 1959 yilda American Honda Motor Company, Inc şu’ba korxonasi taşkil etiladi va mototsikllar AQŞning özida ham işlab çiqarila boşlaydi.
1964 yilga kelib AQŞda sotilayotgan har ikkita mototsiklning biri Honda mahsuloti edi.
Avtomobil işlab çiqarişning boşlanişi
1960-yillarga kelib dunyoning aksariyat davlatlari ikkinçi jahon uruşi paytida inqirozga yuz tutgan iqtisodiyotni qayta tiklab, keskin rivojlana boşlaydi. Şundan söng Honda avtomobil işlab çiqarişni rejalaştiradi.
1963 yilda kompaniya özining ilk avtomobilini işlab çiqaradi. Bu Honda T360 pikapi edi. Öşa yili oktyabrda Honda S500 sport avtomobili ham sotuvga çiqariladi. Öşa paytda Honda avtomobillari faqat Yaponiya va AQŞda sotilar edi.

1973 yilda Honda kompaniyasi uçun bir neçta muhim hodisa sodir böladi. Kompaniya Honda Civic avtomobilini işlab çiqara boşlaydi. Öşa paytda bu avtomobil juda zamonaviy bölib, kompaniya uning savdosidan katta foyda olişni möljallayotgandi.
Ammo öşa yili Arab-Isroil mojarosi yuz beradi neft qazib oluvçi arab davlatlari Ğarb davlatlariga neft eksport qilişni töxtatib qöyadi. Oqibatda jahon bozorida yoqilği narxi bir neça barobarga oşadi va avtomobillar savdosi keskin tuşib ketadi.
Bu holat Honda kompaniyasining rejalariga aks ta’sir qiladi. Kompaniya mahsulotlariga talab kamayadi. Ana şunday şaroitda, 1973 yilda Soitiro Honda kompaniya prezidentligidan ketadi.
1974 yildan vaziyat izga tuşadi va kompaniya Honda Civic avtomobilini muvaffaqiyat bilan sota boşlaydi. 1975 yilga kelib bu turdagi avtomobillardan 1 million dona sotilgan edi.

1975 yilda kompaniya narxi biroz qimmat bölgan Honda Accord avtomobilini işlab çiqara boşlaydi. Bu maşina ham AQŞda juda ommalaşadi.
Undan keyin ham kompaniya köplab turdagi maşinalar va mototsikllar işlab çiqaradi va ularning aksariyati muvaffaqiyat bilan sotiladi.
1986 yildan boşlab Honda robotlar işlab çiqara boşlaydi. Öşa yili kompaniya avtomobil ixlosmandlariga Acura markasi ostida premium-klassdagi avtomobilni taqdim etadi. Şu tariqa, 1980-yillar oxiriga kelib Honda dunyodagi yirik avtomobil işlab çiqaruvçi kompaniyalardan biriga aylanadi.
1990-1992 yillar oraliğida Acura AQŞda eng köp sotilgan avtomobillar orasida birinçi örinni, Honda kompaniyasi esa umumiy avtomobillar savdosi böyiça uçinçi örinni egallaydi.

1993 yildan boşlab AQŞda kompaniyaga tegişli har ikki modelning savdosi pasayib ketadi. Şundan söng Honda boşqa bozorlarga ham kirib boradi va Hindiston, Vetnam, Turkiya, Indoneziya va Braziliyada öz zavodlarini oçadi. Ungaça, 1992 yilda kompaniya Xitoyda qöşma korxona oçib, öz mototsikllarini işlab çiqara boşlagandi.
2004 yilda AQŞda Honda Aero nomi ostida yana bir şu’ba korxona taşkil etiladi. Unda asosan samolyotlar uçun reaktiv dvigatellar işlab çiqariladi.
2011 yilda Yaponiya sohillari yaqinida zilzila sodir böladi. Undan paydo bölgan tölqin tufayli kunçiqar yurtning şarqiy sohillarini suv bosadi. Oqibatda, Honda kompaniyasining köplab zavodlariga ham zarar yetadi va işlab çiqariş töxtab qoladi. Öşanda kompaniya yarim milliard dollar zarar köradi.
Kompaniya haqida ma’lumotlar
Kompaniya ştab-kvartirasi Tokioning Minatao tumanida joylaşgan.
Kompaniya 2021/2022 moliyaviy yilida Honda jami 17 million dona mototsikl va kvadrosikl işlab çiqargan. Undan 14,6 million donasi Osiyoda, qolgani boşqa qit’alarda sotilgan.

4,1 million dona Accord, City, Civic, Fit/Jazz kabi rusumlardagi yengil maşinalar, Breeze, CR-V, Freed, Odyssey, Pilot, Acura RDX, Vezel/HR-V, XR-V kabi kiçik ölçamli yuk maşinalar va N-Box mikroavtobuslari işlab çiqargan.
Ulardan 2 million donasi Osiyo mamlakatlarida, 1,3 million donasi Şimoliy Amerikada, qolgani boşqa mamlakatlarda sotilgan.
Bugungi kunda Honda kompaniyasining Osiyo, Şimoliy va Janubiy Amerikada köplab zavodlari bor va ularda 100 ming nafardan xodim işlamoqda.
Kompaniyaning eng yirik zavodlari quyidagi davlatlarda joylaşgan:
- Yaponiya — 4ta zavod, 15 ming nafar xodim;
- AQŞ — 7ta zavod (3 zavod Ogayoda, 2ta Şimoliy Karolinada (aviatsiya zavodlari), bittadan Indiana va Alabamada), 17 ming nafar xodim;
- Kanada — 1ta zavod, 4,2 ming nafar xodim;
- Meksika — 2ta zavod, 6,3 nafar xodim;
- Hindiston — 4ta zavod, 10 ming nafar xodim;
- Indoneziya — 1ta zavod, 7,5 ming nafar xodim;
- Malayziya — 1ta zavod, 2,6 ming nafar xodim;
- Filippin — 1ta zavod, 1,3 ming nafar xodim;
- Tailand — 3ta zavod, 7,5 ming nafar xodim;
- Vetnam — 2ta zavod, 4,5 ming nafar xodim;
- Argentina — 1ta zavod, 1,2 ming nafar xodim;
- Braziliya — 2ta zavod, 10 ming nafar xodim.
Bundan taşqari, kompaniyaning Xitoyda uçta, Kanada va Pokistonda bittadan yirik qöşma korxonasi bor. 2022 yil ma’lumotlariga köra, Honda kompaniyasi zavodlarida 210 mingdan oşiq odam işlamoqda.
Kompaniya aksiyalari dunyoning barça fond birjalarida savdoga çiqarilsa-da, ular asosan Tokio va Nyu-York fond birjasida sotiladi.
Kompaniyaning eng yirik aksionerlari:
- The Master Trust Bank of Japan – 15,7 foiz aksiya;
- JPMorgan Chase – 6,3 foiz aksiya;
- Custody Bank of Japan – 6,3 foiz aksiya;
- BlackRock – 6,1 foiz aksiya;
- Sumitomo Mitsui Trust Holdings – 5,5 foiz aksiya;
- Mitsubishi UFJ Financial Group – 5,3 foiz aksiya.
Kompaniya nufuzli mototsikl va avtomobil poygalarining doimiy iştirokçisi hisoblanadi. Jumladan, Formula-1 poygalarida Honda jamoasi ham muntazam qatnaşib keladi.

Honda kompaniyasi işlab çiqaradigan avtomobillar juda işonçli hisoblanadi. Jumladan, 2012 yilda Buyuk Britaniya suğurta kompaniyalari Honda avtomobillarini eng işonçli deb topgan edi.
Kompaniya şa’niga tanqidlar
Honda kompaniyasi öz avtomobillarini Yaponiyaning Takata Corporation kompaniyasida işlab çiqarilgan xavfsizlik yostiqçalari bilan jihozlaydi.
2009 yilda Honda maşinasi bilan yöl-transport hodisasi sodir böladi va haydovçi vafot etadi. Hodisani tekşiriş jarayonida maşinadagi xavfsizlik yostiqçasi öz-özidan işlab ketgani «avariya»ga sabab bölgani aniqlanadi.
Öşanda xavfsizlik yostiqçasida foydalanilgan nitrat ammoniya maşinalar YTHga uçramasa ham reaksiyaga kirişib, oqibati fojia bilan tugagandi.
Şundan söng kompaniya Takata Corporation vakillariga xavfsizlik yostiqçasi bilan boğliq muammoni ma’lum qiladi. Ammo öşanda bu muammoga heç kim jiddiy e’tibor bermaydi.
2014 yilgaça Honda avtomobillarida xavfsizlik yostiqçasi öz-özidan işlab ketişi bilan boğliq 100 ta hodisa sodir böladi va ularning 12 tasi odamlarning halok bölişi bilan tugaydi. Şundan söng kompaniya jami 8,5 millionta avtomobilni qaytarib oladi.
Öşa paytda jahonning közga köringan avtomobilsozlik kompaniyalari BMW, Chrysler, Ford, Mazda, Nissan, Toyota, General Motors va Ferrari kompaniyalari ham qisman Takata Corporation mahsulotlaridan foydalanişardi.
Ular öz maşinalariga örnatgan xavfsizlik yostiqçasi ham nosoz deb topiladi. Şundan söng yuqoridagi kompaniyalar Honda bilan qöşib hisoblaganda jami 60 million dona avtomobilni qaytarib olişadi.
Bu işdan eng katta zararni Honda kompaniyasi köradi. Birinçidan kompaniya Takata Corporation mahsulotlaridan boşqalarga qaraganda köproq foydalanardi. Ikkinçidan bu kompaniyaning bir qism aksiyasiga Honda egalik qilardi.
Nosoz xavfsizlik yostiqçalari tufayli kelib çiqqan mojaro ortidan Takata Corporation’ning aksiyalari arzonlab ketadi va bu ham Honda kompaniyasiga salmoqli zarar keltiradi.
Honda umrining oxirida
Soitiro Honda 1973 yilda garçi Honda prezidenti lavozimidan ketgan bölsa-da, 1983 yilgaça kompaniyada maslahatçi bölib qoladi.
Öşa yili Honda kompaniyasidan uzil-kesil ketadi va Tokio savdo palatasi va Yaponiya avtomobil işlab çiqaruvçilar assotsiatsiyasi vitse prezidenti etib saylanadi.

Bundan taşqari, u ikkita notijorat taşkilot – Honda Foundation va Xalqaro yöl harakati xavfsizligi assotsiatsiyasini (International Association of Traffic and Safety Sciences) tuzadi.
1990 yilda Formula-1 poygalari mavsumi tugagandan söng Soitiro Honda Xalqaro avtosport federatsiyasi tomonidan avtomobil poygasi sportini rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun oltin medal bilan taqdirlanadi.
Formula-1 poygalari bilan boğliq bunday medal bilan tarixda Ferrari kompaniyasi prezidenti Enso Ferrari va Porsche kompaniyasi egalaridan biri kiçik Ferdinand Porşe taqdirlangan.
Soitiro Honda 1991 yilda 85 yoşida buyrak yetişmovçiligi kasalidan vafot etadi.
Kompaniya sönggi yillarda
Avtomobillar işlab çiqariş
Honda kompaniyasi 2021 yilda jami 4 million 456 ming dona avtomobil işlab çiqarib, umumiy röyxatda oltinçi örinni egallagan.
Toyota, Volkswagen, Group Hyunday/Kia, General Motors, Stellantis (Fiat Chrysler Automobiles (FCA) va Fransiyaning Groupe PSA kompaniyalarini öz tarkibiga olgan xalqaro korporatsiya) Honda kompaniyasidan yuqorida, Nissan, Ford, Renault va BMW pastda joylaşgan.
2021 yilda kompaniyaning ikkita rusumi dunyodagi eng ommabop avtomobillari öntaligiga kiradi. Bular Honda CR-V (yil davomida 713 143 dona sotilgan) va Honda Civic (569 ming dona sotilgan) rusumlari edi.
Motosikl işlab çiqariş
2021 yilda Honda kompaniyasi 17 million dona mototsikl va kvadrosikllar işlab çiqargan. Ötgan yilda jahonda işlab çiqarilgan har oltita mototsiklning bittasi Honda konveyrlaridan çiqqan.
Sönggi bir neça yilda kompaniyaning jahon bozoridagi uluşi pasayib kelmoqda. Motosikllar bozorida Honda kompaniyasiga asosan Xitoy kompaniyalari raqobat qilmoqda va elektroskuterlar va mototsikllar işlab çiqariş hisobiga öz hissasini oşirib kelmoqda.
2019 yilda Honda kompaniyasining umumiy bozordagi hissasi 33,7 foizni taşkil etgan bölsa, 2020 yilda 29,9 foiz, 2021 yilda esa 15 foizni taşkil etgan.

Bundan taşqari, Honda har yili örtaça turli quvvatlarda 15 million dona içki yonuv dvigateli işlab çiqaradi.
Kompaniyaning yillik umumiy aylanma mablaği 100 milliard dollarni, sof foydasi esa 5 milliard dollardan oşiqroqni taşkil etgan. Taqqoslaş uçun, jahonga maşhur sport avtomobillari işlab çiqaruvçi Ferrari kompaniyasining yillik umumiy aylanma mablaği 3,5 milliard dollarni, sof foydasi esa qariyb bir milliard dollarni taşkil etadi.
1973 yilda Soitiro Honda Honda prezidenti lavozimidan ketgandan söng kompaniyani bir neça nafar şaxslar boşqardi. 2022 yil aprel oyidan boşlab kompaniya direktorlar kengaşi rais lavozimini 1958 yilda tuğilgan Seyjii Kyuraisi (Seiji Kuraishi – kompaniyada 1982 yildan buyon işlaydi), 2021 yil iyun oyidan boşlab kompaniya prezidenti lavozimini 1961 yilda tuğilgan Toşixiro Mibe (Toshihiro Mibe – kompaniyada 1987 yildan buyon işlaydi) egallab turibdi.
Ğayrat Yöldoş tayyorladi.












