
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “UzAssets” investitsiya kompaniyasi AJ “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ ustav fondidagi “UzAssets”ning 100 foiz ulushini 100 mln AQSh dollariga sotish to‘g‘risida “Sanoat Energetika Guruhi” MChJ XK bilan kelishuvga erishdi.

2021 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda jami 8 871 412 ta oilalar mavjud.

Xabarga ko‘ra, avtohalokatga 1997 yilda tug‘ilgan haydovchining tajribasizligi sabab bo‘lgan.

Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosarlaridan biri o‘zgardi.

12-13 may kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifini amalga oshirayotgan prezident Shavkat Mirziyoyev viloyat faollari yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-13 may kunlari Farg‘ona viloyatiga boradi.

60/59-sonli yo‘lovchi poyezdi reyslari vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabar qildi.

Besh kun davomida yigirmadan ziyod vazirlik va idora rahbarlari Farg‘ona viloyatida ommaviy qabullar o‘tkazadi.

2022 yil 5 may kuni Uzbekistan Airways AJ Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha qatnovlarni amalga oshiradi.

60/59, 62/61-sonli yo‘lovchi poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabar berdi.

31 yoshli Ahror Roziqov Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani “Sarmozor” MFYda yashaydi. U bir necha yildan beri uyida g‘oz parvarishlab keladi. G‘oz tuxumlarini inkubatorda ochirib jo‘jalarni sotib yaxshigina daromad topadi.

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani Xonobod qishlog‘i Limonchilar ko‘chasida yashovchi 25 yoshli Abdulla Homidov do‘konlardan birida sotuvchilik qiladi. U oila uchun qo‘shimcha daromad bo‘lsin deb tomorqasida issiqxona tashkil qilgan. Sotuvchilikdan tashqari issiqxonaga pomidor va bodring ekib yaxshigina daromad ko‘ryapti.