Farg‘ona shahrida qisqa muddatli kuchli shamol oqibatida yetti qavatli binoning tom qismi yerga uchib tushdi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.
Pop tumani va Marg‘ilon shahrida aholiga ajratilgan un mahsulotini sotib yuborgan MChJ va xususiy korxona rahbarlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
6 iyun kuni ushlanib, 7 iyunda sud ajrimi bilan qamoqqa olingan Andijon shahar hokimi shu ikki kun davomida kamida 26ta hujjatga qo‘l qo‘ydi, ulardan 19tasi – yer uchastkalarini onlayn auksionga chiqarish haqida.
Ota tungi vaqtda uchrashuvga chiqqan qiziga qo‘l ko‘targan.
Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani Xonqiz qishlog‘ida paydo bo‘lgan noma’lum maxluq aholining chorvasi, xususan qo‘y-echkilarini bo‘g‘izlab ketmoqda. Mas’ullar aholiga yordam berishga shoshilishmayapti.
Eng qimmat osh Toshkent shahrida va eng arzon osh Namangan viloyatida kuzatilgan.
Farg‘ona viloyat xalq ta’limi boshqarmasi o‘qituvchidan gap eshitgan o‘quvchi derazadan chiqib ketgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaatga izoh berdi.
Namangan viloyati DSB boshlig‘i Farg‘ona viloyatiga xuddi shu lavozimga o‘tdi, uning o‘rnini birinchi o‘rinbosari egalladi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “UzAssets” investitsiya kompaniyasi AJ “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ ustav fondidagi “UzAssets”ning 100 foiz ulushini 100 mln AQSh dollariga sotish to‘g‘risida “Sanoat Energetika Guruhi” MChJ XK bilan kelishuvga erishdi.
2021 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda jami 8 871 412 ta oilalar mavjud.
Xabarga ko‘ra, avtohalokatga 1997 yilda tug‘ilgan haydovchining tajribasizligi sabab bo‘lgan.
Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosarlaridan biri o‘zgardi.