Navoiy viloyati hokimi örinbosarlaridan biri özgardi. Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, Akmaljon Azimjonoviç Mahmudaliyev Navoiy viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Navoiy viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça sobiq örinbosari Sa’dullo Istamov viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Normat Tursunovning 2022 yil 10 maydagi tegişli qarori bilan lavozimdan olingan.

Akmaljon Mahmudaliyev 1974 yil Farğona viloyatida tuğilgan bölib, 1995 yilda Samarqand kooperativ institutining buxgalteriya hisoboti fakultetini, 2005 yilda Toşkent Kimyo-texnologiya institutining don va don mahsulotlarini qayta işlaş texnologiyasi fakultetini tamomlagan.
2007 yildan 2013 yilgaça Davlat don inspeksiyasining Farğona viloyati hududiy bölinmasida yetakçi va boş davlat don inspektori lavozimlarida işlagan. 2013 yilning sentabr oyidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi boşliğining örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
U 2018 yilning 14 iyun kunidan boşlab bugunga qadar Farğona viloyatining Uçköprik tumaniga hokimlik qilib kelayotgan edi.
12 may kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Farğona viloyati Uçköprik tumanida bunyod etilayotgan Yengil sanoat va logistika markaziga borganida Mahmudaliyev tuman hokimi sifatida tadbirlarda iştirok etgan.


















