Qayd etilishicha, bugun, 10 iyun kuni soat 16:25 da Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida qisqa muddatli kuchli shamol kuzatilib, natijada Al-Farg‘oniy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qoplamasini yerga uchirib tushgan.

Voqea joyiga shahar FV bo‘limi xodimlari yetib borgan. Hozirda tegishli xizmatlarning kuch-vositalari jalb etilgan holda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Avvalroq, 10-11 iyun kunlari respublika hududining ba’zi joylarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkinligi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilayotgani xabar qilingan edi