Sotiş jarayonini taşkil qiliş uçun xususiylaştiriş böyiça konsultant sifatida tanlov asosida “KPMG Valuation and Consulting” MÇJ kompaniyasi jalb qilingan. Davlat uluşini baholaş uçun Big4 ("Katta törtlik")ga kirgan xalqaro baholaş kompaniyasi jalb etilgan.
Korxona mamlakatdagi dastlabki işlab çiqariş quvvati 6,5 million tonnani taşkil etadigan eng yirik neftni qayta işlaş zavodlaridan biri bölib, tarixi 1959 yildan boşlanadi, 1907 yilda işga tuşirilgan Olti-Ariq yoqilği işlab çiqariş quvvati şular jumlasida.
Ötgan asrning 60-yillarida FNQIZ ğarbiy Sibir konlaridan xomaşyo bilan ta’minlangan, şuningdek, butun SSSR xomaşyosini qayta işlaş tizimining bir qismi bölgan. Ötgan 20 yil davomida zavodda modernizatsiya va rekonstruksiya işlari amalga oşirilmagan. Sönggi 10 yil içida yiliga örtaça 1-1,5 mln tonna neft qayta işlangan.
Bitim doirasida xaridor zavodni modernizatsiya qiliş, zamonaviy va ekologik toza benzin, “Yevro-5” talablariga javob beradigan dizel yoqilğisi, “Jyet a-1” reaktiv yoqilğisi, suyultirilgan tabiiy gaz işlab çiqarişni köpaytiriş, neft agregatlarini modernizatsiya qiliş, işlab çiqariş quvvatini kamida 2 million tonnaga oşirişni ta’minlaşni taşkil etiş uçun 380 million AQŞ dollaridan ortiq investitsiya majburiyatlarini bajarişni öz zimmasiga oladi.
“Sanoat Energetika Guruhi” MÇJ XK Özbekistondagi eng yirik xususiy vertikal integratsiyalaşgan neft va gaz kompaniyasi hisoblanadi. Ayni paytda kompaniya yer qa’ridan foydalaniş huquqiga ega bölgan 103 ta konga egalik qiladi va neft qazib olişning taxminan 80 foizini va tasdiqlangan gaz zaxiralarining taxminan 22 foizini taşkil qiladi. Neft va gaz qazib olişdan taşqari, kompaniya benzin, dizel, neft, aviatsiya kerosini va boşqa bir qator yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqaradi.












