Yil boşidan beri benzin eng köp darajada qimmatlaşgan nooziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, ötgan oy davomida uşbu mahsulot narxi 13,5 foizga qimmatlaşgan. Bu oxirgi ikki yil davomidagi eng yuqori ösiş sur'ati hisoblanadi.

Şuningdek, benzin narxlari ötgan yil dekabriga nisbatan 1,5 barobar hamda yillik nisbatda 1,6 barobar oşgan.

Işlab çiqariş va import hajmi kamaydimi?

Raqamlar şuni körsatadiki, ötgan yilga nisbatan işlab çiqariş ham, import hajmi ham sezilarli miqdorda köpaygan. Xususan, 2021 yilning 1 oktabr holatiga köra, 815 ming tonna avtomobil benzini işlab çiqarilgan. Bu ötgan yilning mos davri bilan taqqoslanganda (2020 yilning yanvar-sentabr oylarida 769,1 ming tonna) 46,1 ming tonnaga köproq.

Şuningdek, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida Özbekistonga qiymati 104 mln dollarga teng bölgan 289 mln litr avtomobil benzini import qilingan. Import miqdori ötgan yilning mos davriga nisbatan 137 mln litrga oşgan.

Qöşni mamlakatlarda narxlar qanday?

Globalpetrolprices.com sayti ma'lumotlariga köra, 1 noyabr holati böyiça yuqori sifatli 1 litr benzin narxi Turkmanistonda 4594 sömni, Qozoğistonda 4931 sömni, Rossiyada 7555 sömni, Qirğizistonda 7811 sömni, Afğonistonda 8946 sömni, Turkiyada 8979 sömni taşkil etgan. Tojikistondagi narxlar böyiça ma'lumotlar berilmagan. Özbekistonda esa 9796 söm ekani qayd etilgan. Narxlar soliştirilganda köriş mumkinki, Özbekistonda benzin narxi Turkmaniston va Qozoğistonga nisbatan 2 barobar qimmatroq.

Joriy yil boşidan beri Özbekistonga asosan Rossiya (140,5 mln litr), Turkmaniston (126,8 mln litr) va Qozoğistondan (16 mln litr) avtomobil benzini import qilingan.

Birgina Turkmaniston yoki Qozoğistondan import qiliş misolida tahlil qilinsa, narxlar Özbekistonga nisbatan ança arzon.