Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 16 yoshli qiz vafot etdi. Uning o‘limiga otasi tomonidan kaltaklanishi sabab bo‘lgan
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida yashovchi fuqaro tungi vaqtda uchrashuvga chiqqan qizini bir necha marta urgan. Olingan tan jarohatlari oqibatida qiz dastlab hushini yo‘qotgan, keyinroq vafot etgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Farg‘onada o‘quvchi qiz otasi tomonidan o‘ldirilgani haqidagi xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi. Uning ma’lum qilishicha, 2022 yil 4 iyun kuni Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani, Turg‘oq qishlog‘ida yashovchi fuqaro Q.Sh. voyaga yetmagan qizining tungi vaqtlarda «Spark» avtomashinada bir yigit bilan yashirin ravishda uchrashuvga chiqqanini bilib qolgan.
«Ushbu holatdan g‘azablangan ota qizining bosh qismiga bir necha marotaba urgan. Olgan tan jarohati ta’sirida qiz hushini yo‘qotgan.
Ota qizining yuziga suv sepib, hushiga keltirgan va boshqa o‘sha yigit bilan gaplashib yurmasligini tayinlagan. Shundan so‘ng, qiz yotoqxonasiga kirib ketgan va olingan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan», deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan hamda Uchko‘prik tumani IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026