Tezlikni oshirish oqibatida YTHda vafot etgan haydovchi o‘z joniga qasd qilgan hukmida bo‘ladimi?
Yo‘l harakati fiqhi bo‘yicha izlanishlar olib borgan imom Hasanxon Yahyo Abdulmajid Kun.uz bilan suhbatda yo‘l harakatiga doir shariat hukmlari haqida ma'lumot berdi.
Kun.uz Islom dinida yo‘l haqlari, yo‘l qoidalariga amal qilishning hukmi borasida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid imom noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajid bilan suhbat tashkil etdi.
Hasanxon Yahyo Abdulmajid – “Yo‘l harakati fiqhi” mavzusida bitiruv-malakaviy ishini yozib tugatgan va O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib mavzuga ilmiy yondashgan ahli ilmlardan hisoblanadi.
Haydovchilar va piyodalarning qoidalarga amal qilmasligi, yo‘llardagi nosozliklar, ba'zida mas'ullarning e'tiborsizligi yo‘llardagi avariyalarga sabab bo‘layotgani Islom dinida ham qoralanadi.
Xususan, tezlikni oshirishi yoki yo‘l qoidalariga rioya qilmasligi oqibatida YTHga uchrab, vafot qilgan shaxs o‘z joniga qasd qilgan shaxs maqomida bo‘lishi mumkin. Chunki u chegaradan chiqayotganini bilib turib qoidani buzdi va o‘z jonini xatarga qo‘ydi, deydi Kun.uz bilan suhbatlashgan Hasanxon Yahyo Abdulmajid.

“Saudiyalik ulamolarning fatvolari bor, 120 km/s tezlikdan yuqori tezlikda yurib (boshqa davlatlarda tezlik farq qilishi mumkin) avtohalokatga yo‘liqsa, kishi o‘z joniga o‘zi qasd qilgan bo‘ladi. Shunday holatda birovga talafot yetkazsa ham, qasddan odam o‘ldirgan bo‘ladi, deyilgan. Lekin bu rostmana qasddan emas, balki qasddan o‘xshash, ehtiyotsizlik va qasddan holatlarining o‘rtasidagi holatdir. Ya'ni, inson tomonidan harakat bo‘ladi, lekin maqsad o‘ldirish bo‘lmaydi. Bu yerda haydovchi o‘zini atay o‘ldirmayapti, lekin chegaradan chiqib, qoidani buzgani uchun u xuddi o‘zini o‘ldirganning hukmida bo‘ladi, deya fatvo berilgan.
Bu gap o‘sha kishiga janoza o‘qimaslik uchun emas, balki mas'uliyatini oshirish uchun aytiladi. Bunda javobgarlik o‘sha qoidabuzarning bo‘yniga tushadi, oxiratdagi so‘rovi ham ehtimoldan xoli emas. Chunki o‘zini xatarga qo‘yishi mumkin emas”, – deydi suhbatdoshimiz.
Suhbat davomida yo‘l qoidalari amal qilish bo‘yicha shariat hukmlari, qoidalarni o‘rgatish bo‘yicha avtomaktablar va jamiyatning mas'uliyatlari, YTH ishtirokchilari, guvohlar va mas'ullarning holati, qoidabuzarlarni rasmga olib, yuborish hamda ayollar avtomobil haydashiga doir ko‘plab qiziqarli mavzular yoritib berilgan.
Farrux Absattarov suhbatlashdi.
Tasvirchi va montaj ustasi – Abduqodir To‘lqinov.
Videolavha va maqoladagi diniy matnlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekspertizasidan o‘tgan.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tender g‘olibi aniqlandi
O‘zbekiston | 13:26
-
NYT: AQSh Suriyadan 600 nafar harbiy xizmatchisini olib chiqib ketyapti
Jahon | 13:25
-
Tadbirkorlar tomonidan moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi
Iqtisodiyot | 12:35
-
Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo assambleyasi kengashi majlisida qatnashdi
O‘zbekiston | 12:33
Mavzuga oid

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi

07:35 / 27.07.2024