Guliston şahrida joylaşgan ovqatlaniş şoxobçasidagi portlaş işi böyiça 6 kişi jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

“Xizmat muddati ötgan”

Sud hukmiga köra, aholi orasida “Bek” çoyxonasi nomi bilan tanilgan ovqatlaniş şoxobçasida foydalanib kelingan gazballonlarning xizmat muddati ötgan bölgan.

Qayd etilişiça, çoyxona egasi 2000 (2015-yildan buyon texnik tekşiruvdan ötkazilmagan), 2010 (2015-yildan buyon texnik tekşiruvdan ötkazilmagan), 2013 (2018-yildan buyon texnik tekşiruvdan ötkazilmagan) va 2018-yilda (2023-yildan buyon texnik tekşiruvdan ötkazilmagan) işlab çiqarilgan gazballonlardan foydalangan.

MÇJda mehnatni muhofaza qiliş böyiça yöriqnoma işlab çiqilgan bölsa-da, masʼullar uning ijrosini nazorat qilmagan.

Sudga oid kompleks ekspertiza xulosasiga köra, oşxonada 2010-yil avgust oyida işlab çiqarilgan va 2015-yildan buyon texnik körikdan ötkazilmagan gazballon portlagan. Yaʼni gazballon issiqlik harorati taʼsirida yorilib, undan gaz sizib çiqqan. Ovqat pişiriş qozoni öçoğidagi alanga issiqlik manbai sifatida portlaşga sabab bölgani keltirilgan.

Image

“Zapravka”da töldirilgan”

Gazballonlar hodisadan bir kun oldin, yaʼni 2025-yil 1-dekabr kuni avtomobillarga gaz quyiş şoxobçasidan töldirib kelingan.

Öşa kuni MÇJ rahbari topşiriği bilan xöjalik bölimi yordamçilari oşxonadagi 4 ta gazballonni Damas maşinasiga yuklab, avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçasiga olib borişgan. Mazkur AGTŞ maişiy gazballonlariga suyultirilgan gaz sotiş faoliyatini amalga oşiriş böyiça litsenziyaga ega bölmagan. Biroq şoxobça xodimlari xizmat muddati ötgan gazballonlarni töldirib bergan.

2025-yil 2-dekabr kuni ertalab jamiyatning xöjalik bölimi yordamçilari gazballonlarni oşxonada gaz plita va qozonlarga ulab bergan. Oşpazlar ulardan foydalanib, ovqat tayyorlaşga kirişgan. Soat 10:50 da qozonlardan biriga ulangan gazballon portlagan.