«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, tadbirkorlar örtasidagi bevosita muzokaralarda özaro savdoni köpaytiriş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlari muhokama qilingan.
Tomonlar parrandaçilik, töqimaçilik va yengil sanoat, oziq-ovqat hamda quriliş materiallari işlab çiqarişda hamkorlik uçun katta salohiyat borligini qayd etgan.
Balx viloyati Savdo-investitsiya palatasi sekretariati rahbari Asadulloh Asadiy surxondaryolik tadbirkorlarni qişloq xöjaligi, sanoat, quriliş materiallari işlab çiqariş, toğ-kon sanoati va parrandaçilik sohalariga sarmoya kiritişga taklif qilgan.
Afğon tomoni maʼlumotiga köra, Andijon viloyati investorlari iştirokida Balxda parrandaçilik fabrikasini quriş loyihasi amalga oşirila boşlangan.
Balx viloyati Sanoat va savdo boşqarmasi boşliği Mavlaviy Ahmadxon Xodim ikki mamlakat örtasidagi savdo hajmi ösib borayotganini taʼkidlagan. Uning bahosiça, yaqin yillarda özaro tovar ayirboşlaş 5 milliard dollarga yetişi mumkin.
Xodim özbekistonlik tadbirkor va investorlarga zarur kömak körsatişga tayyorligini ham bildirgan.
Muzokaralar yakunida turli yönalişlar böyiça kelişuvlar imzolangan. Ularning qiymati va batafsil şartlari xabarda oçiqlanmagan. Delegatsiya aʼzolari Balx viloyatidagi sanoat korxonalari faoliyati bilan ham tanişgan.
Soğliqni saqlaş sohasidagi hamkorlik Balx viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği örinbosari Sayed Ahmad Şadob bilan uçraşuvda muhokama qilingan.
Tomonlar yaqin kunlarda afğon şifokorlari guruhining Termiz şahridagi Xalqaro savdo markazi hududida joylaşgan AKFA Medline Ayritom köp tarmoqli tibbiyot markaziga taşrifini taşkil etişga kelişgan. Taşrif davomida özaro anglaşuv memorandumini imzolaş rejalaştirilgan.

















