«Chekka hududdagi yoshlar ham ilm olishi kerak» - 50 km naridagi maktabga qatnayotgan poplik o‘qituvchi
Dilfuza Yo‘ldosheva 2015 yildan beri Namangan viloyatining olis qishlog‘i - Pop tumanidagi «Guliston» mahallasida joylashgan 21-maktabda dars beradi.
Uning uyi maktabdan salkam 50 km uzoqlikda joylashgan. O‘z hududida dars soati yetarli bo‘lmaganligi sababli shu qishloqdan XTB orqali ish topgan. Yangi ishga kirgan paytlari odam tashishga moslashtirilgan yuk tashuvchi mashinalarda ham qatnagan.
«Mashina baland bo‘lganligi sababli yonimizdagilar qo‘limdan tortib chiqarib qo‘yishardi. Tog‘alarim, «Ha, jiyan «gruzovoy»da borib kelyapsanmi», deb kulishardi», — deya kelib ketishda uchragan muammolarni eslab o‘tdi.
U maktabga bir haftada 5 kun dars berish uchun boradi. Bir kunlik o‘rtacha xarajati 25–30 ming so‘mni tashkil etadi. Maoshi esa 21 soat dars uchun 2 mln so‘mni tashkil qiladi.
«Yo‘lda kelayotganimizda ko‘pchilik so‘raydi, qoplaydimi deb. Xo‘jayinimizning pullaridan olib kelaveramiz-da», — deya samimiy tabassum bilan javob berdi Dilfuza Yo‘ldosheva.
U birinchi soatdagi darsga yetib kelishi uchun uyidan ertalab soat 6:30 da yo‘lga chiqadi.
«Chekka hududdagi bolalar ham ilm olishi kerak», – deydi qahramonimiz
Ushbu maktabda qolib ishlaydigan o‘qituvchilar ham borligiga guvoh bo‘ldik. Matematika o‘qituvchisi maktab hovlisiga o‘rnatilgan vagonda tunaydi. Yo‘l xarajatlarini tejash maqsadida u shu yerda qoladi.
Avvalroq «Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilingani e'lon qilingan edi.
Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 martdan ta'lim sifati past maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilinadi.
Bunda bir viloyat doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz qo‘shimcha haq to‘lanishi belgilangan.
Biz tashrif buyurgan maktab va unga qatnab ishlayotgan o‘qituvchilar ham shu kabi mezonlarga tushadi, degan umiddamiz.
Tohirjon Tursunov, Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Merkelning azaliy raqibi. Shols o‘rniga Germaniya kansleri bo‘ladigan Fridrix Mers haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 21:04 / 05.03.2025
Elektr va gaz limiti sovuq oylarda o‘zgartiriladimi?
O‘zbekiston | 16:03 / 05.03.2025
Shavkat Mirziyoyev FVV rahbari nega ishdan olinganini aytdi
O‘zbekiston | 10:52 / 05.03.2025
Navoiyda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi
O‘zbekiston | 14:02 / 04.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buxoroda sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi turistik korxonalar soni 186 taga yetdi
Jahon | 23:33 / 06.03.2025
-
Zelenskiy Ukraina va AQSh delegatsiyalari uchrashishini e’lon qildi
Jahon | 23:13 / 06.03.2025
-
HAMAS Trampning tahdidiga qaramay garovga olinganlarni ozod qilmadi
Jahon | 22:42 / 06.03.2025
-
Tramp Meksika va Kanada avtomobil ishlab chiqaruvilarini bir oy muddatga bojdan ozod etdi
Jahon | 22:20 / 06.03.2025
Mavzuga oid

18:11 / 02.03.2025
O‘zbekistonda maktablarda bir nafar o‘qituvchiga qancha o‘quvchi to‘g‘ri kelayotgani ma’lum qilindi

12:37 / 26.02.2025
O‘qituvchiga ko‘tarilgan qo‘llar: maktabda ustozlar o‘zini xavfsiz his qiladimi?

10:55 / 22.02.2025
Chet tili o‘qituvchilari uchun 50 million so‘mlik subsidiya ajratiladi

10:25 / 12.12.2024