Ta'lim sifati past maktabda dars berish uchun boshqa hududdan jalb qilingan o‘qituvchiga maxsus ustama to‘lanadi
“Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 martdan ta'lim sifati past maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilinadi.
Bunda:
- bir viloyat doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
- boshqa viloyatdan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar to‘lanadi.
Ta'lim sifati past maktablar ro‘yxati Xalq ta'limi vazirligi hamda Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlanadi va joriy yilda 15 fevralgacha, kelgusi yillarda esa har yili 1 sentyabrga qadar Xalq ta'limi vazirligi veb-saytida e'lon qilinadi.
Boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta'lim sifati past maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi.
Olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlari va tibbiyot muassasalarida bo‘sh ish o‘rinlari yuzasidan ma'lumotlar har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning beshinchi kuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari veb-saytlarida joylashtirib boriladi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kia va ADM Global O‘zbekiston termasiga JCh–2026 yo‘lida qo‘llov ko‘rsatmoqda
O‘zbekiston | 17:00
-
Tramp Eron bilan urushga qarshi edi. Ammo endi fikrini o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin
Jahon | 16:26
-
O‘zbekiston talabalariga Yaponiyada ishlash imkoni: Daiwa House va TKXU o‘rtasida strategik uchrashuv
O‘zbekiston | 16:00
-
Narpay tumanida 16 yoshli yigit suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 15:43
Mavzuga oid

18:16 / 13.06.2025
Qashqadaryodan Qoraqalpog‘istongacha: “Teach for Uzbekistan” ta’limda nimalarni o‘zgartira oladi?

16:00 / 03.06.2025
Qishloqdan xalqaro maydon sari: 30 dan ortiq mamlakatda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan o‘zbek qizi hikoyasi

15:31 / 03.06.2025
Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktabga ishga kirish uchun nima qilish kerak?

11:37 / 26.05.2025