Reyting qanday tuziladi?

Öqituvçilar reytingi ularning bitiruvçilari xalqaro til sertifikatlarini qölga kiritgan holatiga qarab aniqlanadi. Xususan, ingliz, koreys, nemis va yapon tillari böyiça kamida B1 yoki unga tenglaştirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan öquvçilar soniga qarab, eng yuqori körsatkiçga erişgan 50 nafar öqituvçi har biri 50 million sömdan subsidiya oladi.

Qanday qatnaşiş mumkin?

Çet tili öqituvçilari öz arizalarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 2025 yil 25 fevralga qadar topşirişlari lozim. Röyxatdan ötiş va zarur hujjatlarni taqdim etiş uçun maxsus HAVOLA orqali murojaat qiliş mumkin.

Taşabbus nimani közlaydi?

Mazkur reyting Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 17 oktyabrdagi PQ-367-sonli qarori asosida yölga qöyilgan bölib, kasbiy ta’lim muassasalari va kasbiy könikmalar markazlarida çet tillarini öqitiş sifatini xalqaro standartlar asosida oşirişni maqsad qilgan. Migratsiya agentligining +99871-202-33-55 (içki raqam 32) raqamlari orqali qöşimça ma’lumot oliş mumkin.