Sirdaryoda qabriston va hojatxonalar xavfini kamaytirish uchun dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda
Sardobadagi suv toshqini natijasida 10ta mahallada 7ta qabriston va jami 3 229ta hojatxona suv ostida qolgan.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov AOKAda o‘tkazilgan onlayn brifingda Sardobadagi suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sanitariya tadbirlari haqida ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinishicha, Sardobadagi suv toshqini natijasida 10ta mahallada 4 351ta turar-joy, 7ta qabriston, 3 229ta hojatxona suv ostida qolgan. Suv yuvib ketishi oqibatida qabristonlar va hojatxonalar epidemiologik jihatdan xavfli bo‘lib qolgan.
«Hojatxonalarni suv bosishi natijasida u yerdagi kasallik tarqatuvchi ichak tanachalari aholi yashash joylariga oqib boradi. Oqibatda turli oshqozon ichak kasalliklari, yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi ortadi. Shuning uchun bu kabi holatlarni bartaraf etish maqsadida zararsizlantiruvchi dezinfeksiya tadbirlarini amalga oshirish birinchi darajali vazifa hisoblanadi.
Brigadalar tomonidan aholi yashash joylari, qabristonlarda amalga oshirilgan sanitariya tadbirlari natijasida esa yuqumli kasalliklarning tarqalishiga yo‘l qo‘yilmayapti», deya ta'kidlagan Botir Qurbonov.
Uning qayd etishicha, toshqin oqibatida yuvilib ketgan qabristonlarda rekonstruksiya ishlari boshlab yuborilgan. Bundan tashqari, sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi agentligi xodimlari tomonidan turli laborator tahlillar olinmoqda. Ayni paytgacha suvdan 1 811ta, tuproqdan 1 284ta, qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan 1 830ta namunalar olingan. Talabga javob bermaydigan namunalar aniqlanganda ularni o‘z vaqtida zararsizlantirish va yo‘q qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
«Epidemiologik vaziyatda xavf tug‘dirishi ehtimoli bor nobud bo‘lgan chorva mollari alohida tashkil qilingan 5ta qabristonga zararsizlantirilgan holda ko‘milgan. Hozirgacha 5 600dan ortiq hayvon jasadlari shunday tarzda yo‘q qilingan», dedi Botir Qurbonov.
Bundan tashqari, aholining uy jihozlari va 6 tonnadan ortiq kiyim-kechaklari alohida dezinfeksiya qilinib, egalariga foydalanishga topshirilgani ma'lum qilindi.
Tavsiya etamiz
“Korrupsiya baribir yo‘qolmaydi degan ko‘nikish paydo bo‘lib qoldi” - ekspertlar bilan suhbat
O‘zbekiston | 16:53 / 08.03.2025
Chiqindidan qarzdorlarning svet uchun to‘lov qilishini cheklash haqidagi qonun imzolandi
O‘zbekiston | 16:51 / 08.03.2025
Migrantlarning pul o‘tkazmalarisiz O‘zbekistonda kambag‘allik 17 foizgacha oshishi mumkin – Jahon banki
Iqtisodiyot | 18:12 / 07.03.2025
Tramp vakillari Zelenskiyning siyosiy raqiblari bilan yashirincha uchrashgan
Jahon | 15:30 / 07.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chirchiqda sobiq texnikum binosi buzilib, o‘rnida Xitoy OTM filiali quriladi
O‘zbekiston | 22:37
-
KXDR Yaponiyadan 1945 yilda o‘ldirilgan koreyslarning qarindoshlaridan kechirim so‘rashni talab qildi
Jahon | 22:17
-
2025 yilning eng ishonchli avtomobillari reytingi tuzildi
Fan-texnika | 22:07
-
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi
Jahon | 22:00
Mavzuga oid

09:19 / 09.06.2024
SSV yoz faslida salomatlikni saqlashning 7 muhim qoidasini eslatdi

23:37 / 06.05.2024
Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbaridan direktorgacha ishdan olindi

07:34 / 20.04.2024
Tadbirkorning 943 mln so‘mlik materiallarini o‘zlashtirgan sobiq menejer aniqlandi

23:56 / 02.05.2023