20 oktabr kuni Toshkent shahri Mirobod tumanida hi-tech uslubidagi dizaynda, o‘zining servis markaziga ega, taniqli brendlarning maishiy texnikalar va elektronika do‘koni ish boshladi. Bu yerda siz uy, ofisda va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan texnika buyumlarini xarid qilishingiz mumkin.
Bu hali hammasi emas. «Texno Bozor» do‘konida asosan taniqli brendlar - LG, Samsung, Bosch, Artel, Dell, HP, Acer, Lenovo, Apple, Xiaomi, Philips, Gefest, Goodwell, Tefal, Moulinex, Rowenta, Krups, Emsa, Braun, Beurer, Kenwood mahsulotlari sotuvi yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, do‘konda Dyson va Kitchen Aid mahsulotlari sotuvini ham yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu esa faqat sifatni birinchi o‘ringa qo‘yadigan xaridorlar uchun ayni muddao.



Shuningdek, malakali konsultant-sotuvchilar xarid qilayotgan mahsulotingiz haqida to‘liq axborot beradi, zarur bo‘lganda qaysi maishiy texnikani xarid qilishda ham maslahatlarini ayashmaydi.

Do‘kon 3 ta katta zaldan iborat:
- birinchi maydonchada kichik hajmli maishiy texnikalar;

- ikkinchi zalda yirik hajmli buyumlar (muzlatgich, televizor va boshqalar);


- uchinchi BBQ (barbekyu) zalida esa oshxona jihozlari va konditsionerlar mavjud.

«Texno Bozor» do‘konida doimiy ravishda chegirmali aksiyalar o‘tkazib turiladi. Bunda xaridorlar mahsulotlarni ancha arzon narxda sotib olishlari mumkin. Shu bilan bir qatorda, do‘kon ma'muriyati katta hajmdagi texnikalar, jumladan, gaz plitasi, konditsioner va boshqalarni joyiga o‘rnatib berishni ham o‘z zimmasiga oladi va xizmatlar bepul amalga oshiriladi.







