Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) hukumati maʼlumotlariga köra, Ebola bezgagi avj olişi oqibatida halok bölganlar soni 3000 kişidan oşgan, mamlakatdagi keng kölamli epidemiya şimoli-şarq böylab tarqalişda davom etmoqda, deb xabar berdi Reuters
«Kasallik tarqalişining barça zanjirlari topilib, uzilmagunça, epidemiya davom etaveradi va Kongo, uning qöşnilari hamda butun mintaqa uçun tahdid bölib qoladi», – dedi JSST rahbari.
Uning sözlariga köra, ölim holatlarining aksariyati kasallik bilan aloqada bölgan deb hisoblanmagan odamlar orasida yuz bergan.
«Bu bizga nomaʼlum bölgan infeksiya yuqiş zanjirlari mavjudligini anglatadi. Vafot etganlarning köpçiligi hanuzgaça xavfli usullarda dafn etilmoqda, bu esa infeksiyaning yanada tarqalişiga sabab bölyapti», – deb taʼkidladi Tedros Gebreyesus.
U xalqaro hamjamiyatni Kongo hukumati tomonidan işlab çiqilgan va 1,3 mlrd dollar talab etiladigan Ebola epidemiyasiga qarşi kuraş rejasini moliyalaştirişni oşiriş va jadallaştirişga çaqirdi.
Ebola virusining Bundibugyo turi keltirib çiqargan uşbu epidemiya 2018–2020-yillardagi epidemiyadan ham ötib, Kongo tarixidagi eng yirik va eng köp ölimga olib kelgan holat böldi. Hozir u 2014–2016-yillarda Ğarbiy Afrikada 30 mingga yaqin odamning kasallanişiga va Gvineya, Liberiya hamda Serra-Leoneda 11 mingdan ziyod kişining ölimiga sabab bölgan epidemiyadan keyin ikkinçi örinda turadi.
JSST oktabr-noyabr oylarida potensial vaksinalar samaradorligi böyiça klinik sinovlarni boşlaşni rejalaştirmoqda, davolaş usullari böyiça sinovlar esa allaqaçon olib borilmoqda.
May oyida JSST KDR va Ugandadagi kasallik avj olişini xalqaro ahamiyatga molik jamoat soğliği uçun favqulodda vaziyat deb eʼlon qilgan edi. Taşkilotning maʼlum qilişiça, genetik tahlil (sekvenirlaş) epidemiyaning bir neça oy avval, yaʼni yanvar-fevral oylarida boşlanganini körsatgan.












