Özbekiston prezidenti tadbirkorlar bilan oçiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş töğrisida farmon imzoladi.
Farmonga asosan, tadbirkorlarga quyidagi soliq yengilliklari berilişi kutilmoqda:
bozor va savdo komplekslarida xizmat körsatişdan olingan foyda uçun foyda soliği stavkasi amaldagi 20 foizdan 15 foizga tuşiriladi;
yangi taşkil etilgan qişloq xöjaligi korxonalari bevosita qişloq xöjaligida foydalaniladigan obyektlar böyiça joriy soliq davrida mol-mulk soliğidan ozod qilinadi;
oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarini oçgan yakka tartibdagi tadbirkorlar mazkur boğçalar faoliyatida foydalaniladigan hamda uşbu yakka tartibdagi tadbirkorlar egaligida bölgan noturar bino va yer uçastkalari böyiça mol-mulk soliği hamda yer soliğidan ozod qilinadi;
jinoyat-protsessual kodeksiga soliq maslahatçilari soliq tölovçining vakili sifatida qatnaşişi mumkinligi bilan boğliq özgartirişlar kiritiladi;
yuridik şaxsning jismoniy şaxs bölgan taʼsisçisi tomonidan uşbu yuridik şaxsga ijaraga yoki tekin foydalanişga berilgan köçmas mulk obyektlariga nisbatan ijara tölovining eng kam miqdori qöllanmaydi.
Yuqoridagilarni öz içiga olgan qonun loyihasi 2026-yil dekabr oyida tayyor bölişi kerak.

















