Özbekistonda yer va mol-mulkka uning bozor qiymatidan kelib çiqqan holda soliq soliş tizimi işlab çiqilmoqda. Bu haqda moliya vaziri örinbosari Dilşod Sultonov ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Soliq siyosatida bu yil boşlagan eng katta islohotimiz yer-mulk soliği böyiça böladi. Şu paytga qadar foyda soliği, qöşilgan qiymat soliği, transfert narxlarining bir-biriga boğlanişida özgarişlar qildik, lekin hali suv, yer-mulk hamda yer osti boyliklaridan foydalaniş soliqlari böyiça katta islohotlar qilinmadi. Biz boşlayotgan özgarişlarning birinçisi, bu yil yer-mulk bilan boğliq böladi. Bu töğrisida ötgan yili prezident farmoni ham qabul qilingan.

Birinçi qadamda 4 ta pilot hududlar tanlab olinadi. Bular – Mirzo Uluğbek, Romitan, Böstonliq tumanlari hamda Navoiy şahri. Mirzo Uluğbek tumani – şahar, Romitan – qişloq xöjaligiga ixtisoslaşgan, Navoiy şahrida sanoat korxonalari köp, Böstonliq esa turizm hududi.

Dastlab bu hududlarda yer-mulk soliğini bozor qiymatiga yaqinlaştirmoqçimiz. Hozirda Toşkent va Buxoroda yaşayotgan odamlar tölayotgan soliq stavkasi bir xil, lekin soliqqa tortilayotgan obektning qiymati turliça. Masalan, Romitandagi odamning uyini bozor qiymatiga olib kelamiz desam, 1,5-2 barobar farq qilayotgan bölsa, Toşkentda bu karra-karra farq qilyapti. Bu degani Toşkentda yaşayotganlar uyi bozor nuqtayi nazaridan qimmatroq bölgani bilan ular kamroq tölayapti, Romitandagilar öşanga yaqinroq tölayapti.

Joriy yilda mana şu islohotga köproq e'tibor qaratamiz. Bozor narxi keskin özgaryapti. Misol uçun, yöl qurildi, svet, gaz bordimi, demak öşa yerdagi aholining uyi qimmatlaşadi. Narx oşgaç, davlat infrastrukturaga xarajat qilganidan söng, qiymatlar oşganidan keyin, bu soliq bazasi orqali qaytadi. Öşa infrastrukturaga qança köp pul tikilsa, soliq bazasi ham şunça kengayaveradi. Sababi uning bozor qiymati oşadi.

Misol uçun, 3 qavatli uyi bor odam 3 barobar köp soliq tölaşi kerak. Bu yerda asosiy maqsad – bozor qiymatiga keliş. Agar sizning kvartirangiz yoki hovlingiz qimmat bölsa, meniki undan arzonroq bölsa, men sizdan kamroq soliq tölaşim kerak. Bozor qiymatidan kelib çiqilsa, şunday böladi. Biz barqaror tizim yaratiş orqali adolatni ta'minlamoqçimiz.

Buni bosqiçma-bosqiç qilamiz. Bunaqa islohotlar 6,5-7 million nafarga yaqin fuqarolarga ta'sir qiladi. Şuning uçun işlarni yaxşilab öylab, puxta tayyorgarlik körib, xalq bilan muloqot qiliş orqali amalga oşiramiz. Mazkur loyihani endi boşladik va tayyorlayapmiz. Avgustda e'lon qiliş harakatidamiz», – dedi vazir örinbosari.