Xitoy bosh vaziri xorijiy sanksiyalarga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
Xitoy TIVga ko‘ra, ushbu qonun AQSh va boshqa G‘arb davlatlarining sanksiyalariga javobga aylanadi.

Foto: Tingshu Wang / Reuters
Xitoy bosh vaziri Li Syan xorijiy sanksiyalarga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunni kuchga kiritish to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi.
Parlament xorij davlatlarining sanksiyalariga javob tarzidagi choralarga oid qonun loyihasini 2021 yilda ma’qullagan edi. Xitoy TIVga ko‘ra, ushbu qonun AQSh va boshqa G‘arb davlatlarining sanksiyalariga javobga aylanadi.
Donald Trampning birinchi prezidentlik muddati davomida AQSh ma’muriyati Xitoy kompaniyalari va amaldorlariga qarshi bir necha bor sanksiyalar joriy etgandi. AQSh hukumati 2022 yilda Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan keyin Rossiya bilan hamkorlik qilayotgan Xitoy kompaniyalariga nisbatan ikkilamchi sanksiyalarni ham faol qo‘llagan.
Ta’kidlanishicha, G‘arb sanksiyalari tufayli ularga qo‘shilmagan Xitoy Moskva bilan savdo aloqalarini sezilarli darajada mustahkamlashga muvaffaq bo‘lgan. Ba’zi tahlilchilar fikricha, Donald Tramp ma’muriyati Xitoyni tiyib turish bo‘yicha global strategiyasi doirasida Rossiyaning Xitoy bilan aloqalarini zaiflashtirish uchun Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash yo‘lini tutgan.
Donald Tramp ikkinchi muddatida Pekinga nisbatan sanksiyalar bosimini davom ettiradimi yoki yo‘qmi – hozircha noma’lum. AQSh prezidenti yaqinda e’lon qilgan bo‘lajak sammitning asosiy voqealaridan biri aynan Trampning Xitoyga nisbatan oldingi qattiq siyosatini davom ettirish masalasiga oid bo‘ladi.
Avvalroq Xitoy, Rossiya va Eron birgalikda AQSh va boshqa davlatlarni Tehronga qarshi yadroviy dasturi tufayli joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirgandi.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
O‘sishdan to‘xtashi mumkin - mutaxassis bolalarda uyqu yetishmasligi oqibatlaridan ogohlantirdi
Jahon | 13:12 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonga ikki oyda eng ko‘p turist qaysi davlatdan kelgani aytildi
O‘zbekiston | 13:07
-
Tramp Yamandagi harbiy amaliyot haqida ma’lumot sizib chiqqanidan darg‘azab bo‘ldi
Jahon | 12:45
-
Savdo urushidagi yangi operatsiya: Tramp avtomobil importiga 25 foizlik boj joriy etmoqda
Jahon | 12:32
-
Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi
Iqtisodiyot | 12:11
Mavzuga oid

12:45
Tramp Yamandagi harbiy amaliyot haqida ma’lumot sizib chiqqanidan darg‘azab bo‘ldi

12:32
Savdo urushidagi yangi operatsiya: Tramp avtomobil importiga 25 foizlik boj joriy etmoqda

09:39
Tramp Signal'dagi nosozlik ma’lumotlar sizib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkinligini aytdi

20:59 / 26.03.2025