O‘zbekiston | 13:17 / 20.04.2020
15776
2 daqiqa o‘qiladi

Sherzod Shermatov: O‘qituvchini faoliyatidan tashqari ishga jalb qilishsa-yu, indamasak holat ommaviy tus oladi

Bir guruh jurnalist hamda blogerlar bilan o‘tgan onlayn muloqotda Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov sohada dolzarb bo‘lib turgan qator savollarga javob berdi.

Muloqotda jurnalistlar tomonidan joylarda maktab o‘qituvchilarining aholi tomorqa yerlaridan foydalanishi bo‘yicha nazorat guruhlariga biriktirilayotgani va kasbiy faoliyatidan tashqari boshqa ishlarga jalb qilinishi hamon davom etayotgani borasida savol berildi.

Unga javoban Sherzod Shermatov bironta xalq ta'limi tizimi xodimi o‘z mehnat majburiyatidan tashqari bo‘lgan ishga jalb etilishi mumkin emasligini yana bir bor ta'kidladi. 

 

Sherzod Shermatov: O‘qituvchini faoliyatidan tashqari ishga jalb qilishsa-yu, indamasak holat ommaviy tus oladi 👉 https://kun.uz/14659777

Posted by Kun.uz on Monday, April 20, 2020

Vazir bu borada prezidentning PQ–3907 qarorini asos qilib keltirdi. Unga ko‘ra, qarorda shu kabi holatlar nazorati Bosh prokuratura va Mehnat inspeksiyasiga yuklatilgan. 

«Umumiy gap emas, aynan siz aytganday holatlar sodir bo‘layotgan bo‘lsa, buni oxirigacha olib borib joyiga qo‘yish kerak bo‘ladi. Ba'zida anonim murojaat bo‘ladi, borib tekshirilganda, unaqa murojaat bo‘lmadi deyiladi. Tabiiyki, bunaqa narsaga qonunchilik doirasida chora ko‘ra olmaysiz.

Aniq vaziyat bilan murojaat qilinsa, oxirigacha borib chora ko‘rish kerak. Kimdir o‘z tashabbuskorligini ko‘rsatish uchun qilayotgandir, lekin vaqtida chora ko‘rilmasa ommaviy tus olib ketadi. 

Qaysidir kasb egasining karantin davrida o‘z uyida mehnat qilayotganini ijobiy tajriba sifatida ko‘rsatsa bo‘lar, lekin bunga kimdir mujburiyat yuklashi mumkin emas», – dedi vazir Shermatov.

Mavzuga oid