Makron uşbu qarorini e’lon qilar ekan, Falastin ma’muriyati rahbari Mahmud Abbosga yuborgan maktubini ham e’lon qildi. Unda Fransiyaning Falastin davlatini tan oliş va boşqa ittifoqdoş davlatlarni ham bunga undaş niyati bildirilgan.
«Yaqin Şarqda adolatli va barqaror tinçlik yölida tarixiy majburiyatimizga sodiq qolgan holda, men Fransiya Falastin davlatini tan olişini hal qildim,» — dedi Makron. «Bu rasmiy bayonotni men kelasi sentabrda BMT Boş Assambleyasida e’lon qilaman».

Yevropadagi eng yirik yahudiy va musulmon diasporasiga ega Fransiya şunday yöl tutgan Ğarbdagi birinçi yirik davlatga aylanişi mumkin — Falastin davlatini tan olayotgan davlatlar asosan Isroilga tanqidiy munosabatda bölgan, kiçik davlatlar bölib kelmoqda.
Isroil boş vaziri Benyamin Netanyaxu bu qarorni «Isroilning eng yaqin ittifoqçilaridan biri va G7 a’zosi bölgan davlat» tomonidan berilgan «terrorçilikni rağbatlantiruvçi» harakat deb atadi. Isroil mudofaa vaziri Isroil Kats esa bu qarorni «uyatli va terrorizmga taslim böliş» deb atadi hamda «Isroil xavfsizligiga tahdid soluvçi Falastin tuzilmasi yaratilişiga yöl qöymasligini» ta’kidladi.
AQŞ davlat kotibi Marko Rubio bunga javoban şunday dedi: «AQŞ Fransiyaning BMT Boş Assambleyasida Falastin davlatini tan oliş rejasini qat’iy rad etadi. Bu xavfli qaror faqat Hamasning tarğibotini kuçaytiradi va tinçlikka bölgan harakatni orqaga tortadi. Bu 7 oktabr qurbonlariga urilgan tarsakidir».
Bundan avval, Kanada ham Isroilni tinçlik izlaşga çaqirgan edi. Boş vazir Mark Karni Ğazodagi tez yomonlaşayotgan gumanitar falokatni «oldini olmaslikdagi muvaffaqiyatsizlik» deb tanqid qildi va ikki davlatli yeçim tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Karni, şuningdek, Isroilning uruş girdobidagi Falastin hududlariga Kanada tomonidan moliyalaştirilayotgan gumanitar yordamni tösib qöyişini xalqaro huquqni buziş deb atadi. «Kanada barça tomonlarni halol muzokaralar orqali darhol öt oçmaslikka çaqiradi. Biz Hamasdan barça garovdagilarni darhol ozod qilişni, Isroil hukumatidan esa Ğazo va Ğarbiy Sohil hududlarining hududiy yaxlitligini hurmat qilişni talab qilamiz,» — dedi u.
New York Times'ning yozişiça, AQŞ prezident Donald Trampning özi ham ikki davlatli yeçim borasida şubhalar bildirgan. U fevral oyida Ğazoni AQŞ nazoratiga oliş rejasini ilgari surgan edi. Bu reja inson huquqlari taşkilotlari, arab davlatlari, falastinliklar va BMT tomonidan «etnik tozalaş taklifi» sifatida keskin tanqid qilindi.
Makron bir neça oylardan buyon Falastin davlatini tan olişga intilib kelayotgandi. Bu orqali u ikki davlatli yeçim ğoyasini saqlab qolmoqçi, garçi unga bunday qadamni taşlamaslik böyiça kuçli bosimlar bölgan bölsada.
Reuters naşriga köra, Fransiya rasmiylari bu qarorni dastlab BMT konferensiyasi arafasida e’lon qilişni rejalaştirgandi. Fransiya va Saudiya Arabistoni uşbu konferensiyani iyun oyida ötkazib, Falastin davlatçiligi uçun yöl xaritasini işlab çiqiş va Isroil xavfsizligini ta’minlaş rejasini taqdim etmoqçi edi. Biroq AQŞ bosimi va Isroil-Eron örtasidagi 12 kunlik havo uruşi tufayli, bu anjuman bekor qilindi — hududdagi havo makoni yopilgani sababli ayrim arab davlatlari vakillari u yerga bora olmadi.
Mazkur anjuman ikkinçi bosqiç esa sentabr oyida BMT Boş Assambleyasi doirasida davlat rahbarlari iştirokida bölib ötadi.
Makron bu e’lonni konferensiyadan qiliş orqali Fransiya delegatsiyasiga boşqa davlatlar bilan hamkorlik qiliş uçun diplomatik asos yaratmoqçi — ularning ayrimlari Falastin davlatini tan olişni körib çiqmoqda, boşqalari esa ikkilanmoqda.
Diplomatlarning aytişiça, Makron Britaniya va Kanada kabi ittifoqçilarning qarşiliklariga duç kelmoqda. Kelasi hafta Nyu-Yorkda taxminan 40 ta taşqi işlar vaziri yiğiladi. Isroil rasmiylari esa oylar davomida bu taşabbusga tösiq qöyiş uçun diplomatik harakatlar olib bormoqda. Ayrimlar bu tan olinişni «ikki tomonlama aloqalar uçun yadro bombasi» deb atagan.
Mazkur masala bilan taniş manbalar Isroil Fransiyaga ogohlantirişlar berganini bildiradi — bu ogohlantirişlar razvedka ma’lumotlarini ulaşişni çeklaşdan tortib, Parijning mintaqadagi taşabbuslarini murakkablaştirişgaça bölgan tahdidlarni öz içiga olgan. Hatto Ğarbiy Sohilning ayrim qismlarini anneksiya qiliş ehtimoli ham şama tarzida ilgari surilgan.
Fransiyaga minnatdorçilik bildirar ekan, Falastin ma’muriyatining vitse-prezidenti Husayn al-Şeyh Makronning qarorini «Fransiyaning xalqaro huquqqa sodiqligi va Falastin xalqining öz taqdirini özi belgilaş hamda mustaqil davlat tuziş huquqiga qöllab-quvvatlovi» deb atadi.












