Fransiya supermarketlaridagi sovitiş uskunalariga oktabr oyida uyuştirilgan kiberhujumlar ortida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) turibdi. Bu haqda 9-noyabr, duşanba kuni Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barro maʼlum qildi.
Uning sözlariga köra, gap «kölami va tajovuzkorligi jihatidan misli körilmagan» operatsiya haqida ketmoqda.
«Bu mamlakatimiz hududida qöporuvçilik maqsadida amalga oşirilgan ilk yirik kölamli kiberhujum böldi. U milliy manfaatlarimiz va Fransiya fuqarolari xavfsizligiga jiddiy tajovuz hisoblanadi», - dedi Barro Parijdagi matbuot anjumanida.
Vazir uşbu kiberhujumga aloqador barça aybdor şaxslarga nisbatan «Yevropa darajasida» sanksiyalar joriy etilişini ham taʼkidladi.
Eron elçisi Fransiya TIVga çaqirtirildi
Fransiya taşqi işlar vazirining sözlariga köra, Eronning Parijdagi elçisi ham Taşqi işlar vazirligiga çaqirtirilgan.
Bundan maqsad - «öta oğir uşbu qilmiş yuzasidan qatʼiy norozilik bildiriş».
Barroning taʼkidlaşiça, Fransiya sodir bölgan voqeaga javoban «boşqa barça zarur va mutanosib çoralarni» ham köradi.
Uşbu çoralar «şunga öxşaş harakatlarni takrorlaşga urinişi mumkin bölgan şaxslarni ogohlantiriş» maqsadida amalga oşiriladi.
Şu kuni Parij prokuraturasi ham mazkur hodisa yuzasidan tergov boşlanganini maʼlum qildi.
Tergov organlari hujumning ehtimoliy ijroçilari sifatida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusiga aloqador «Şahed Kaveh» hakerlar guruhini körib çiqmoqda.
Eron hozirça Fransiya rasmiylarining bayonotiga munosabat bildirgani yöq.
Kiberhujum yuzlab dökonlarga taʼsir körsatdi
12-oktabrga ötar keçasi Fransiyadagi yuzlab supermarketlar kiberhujumga uçradi. Oqibatda dökonlardagi sovitiş tizimlari faoliyati izdan çiqdi.
Hakerlar sovitkiç va muzlatkiç kameralaridagi haroratni masofadan turib özgartirişga muvaffaq bölgan.
Natijada uskunalar içidagi harorat bir neça soat davomida Selsiy böyiça 50 darajagaça kötarilgan.








