Fransiyaning Naval Group kompaniyasi istiqbolli SCX26 kemasi konseptini namoyiş etdi. U kelgusi ön yilliklardagi harbiy-dengiz uruşi talablarini hisobga olgan holda yirik suvusti jangovar kemalari qanday yönalişlarda rivojlanişi mumkinligini körsatadi.
Konseptni işlab çiqişda sönggi qurolli mojarolardan olingan saboqlar va yangi texnologiyalarning paydo bölişi hisobga olingan. Naval Group kompaniyasi SCX26 darhol qurilişga möljallangan kema loyihasi emas, balki dengiz jangi sohasidagi istiqbolli yeçimlarni örganiş uçun platforma ekanini taʼkidladi. Şunga qaramay, bu işlanma keyingi avlod esminetslari qanday bölişi mumkinligini baholaş imkonini beradi.
Esminetsdan turli xil dronlar uçun suzuvçi baza sifatida foydalaniş ğoyasi alohida qiziqiş uyğotadi. Hatto nisbatan kiçik va arzon dronlar ham zamonaviy kemaning turli jangovar vaziyatlarga moslaşiş qobiliyati va umumiy imkoniyatlarini sezilarli darajada oşirişi mumkin. Ularni guruhlar va tödalar şaklida qöllaş ayniqsa katta samara berişi mumkin.
SCX26'ning asosiy xususiyatlari - radarga kam körinadigan korpus, kemaning turli qismlariga taqsimlangan sensor tizimlari, katta raketa arsenali hamda dronlarni joylaştiriş uçun keng içki bölma.
Konstruksiyaning eng ğayrioddiy jihatlari orasida paluba ustida bir-biridan alohida joylaştirilgan ikkita inşoot bor. Ular bir vaqtning özida datçiklarni örnatiş uçun maçta vazifasini ham bajaradi. Şuningdek, dronlardan foydalaniş, ularga texnik xizmat körsatiş va, ehtimol, hatto ularni işlab çiqariş uçun ham rivojlangan infratuzilma közda tutilgan.
SCX26'ning uzunligi taxminan 170 metr, eni 24 metr, töliq suv siğimi esa qariyb 8000 tonna deb baholanmoqda. Şu tariqa, kema ölçamlari jihatidan Naval Group işlab çiqqan FDI loyihasi fregatlaridan ança katta. Uşbu zamonaviy fregatlarning suv siğimi taxminan 4460 tonna, uzunligi 122 metr, eni esa 18 metrni taşkil etadi.
Yangi loyiha Euronaval 2026 körgazmasida taqdim etildi. Eʼlon qilingan körsatkiçlarga köra, SCX26'ning eng yuqori tezligi soatiga 55 kilometrga, suziş masofasi esa 14 800 kilometrga yetişi kerak. Taklif etilayotgan harakatlantiruvçi tizimda dizel-elektr qurilmasi va gaz turbinalarining birgalikda işlaşi közda tutilgan.
Naval Group loyihalaş jarayonida kemani yuqoridan, jumladan, radiolokatsion sunʼiy yöldoşlar yordamida aniqlaş imkoniyati ham hisobga olinganini qayd etdi. Paluba usti inşootlarining yuqori yuzalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Ular ham kemaning radarlarda körinişini kamaytirişga xizmat qilişi kerak.









