Benzin va dizel qimmatlaşyapti. Eksportga taqiq bilan iş bitadimi?
|06:15 / 22.07.202231 76410 min
Sönggi haftalarda hatto Toşkentda ham benzin taqçilligi kuzatilmoqda. Import qisqarganidan taşqari, ma’lum bölişiça, Farğona neftni qayta işlaş zavodi iyun oyida işlab çiqarişni sezilarli kamaytirgan. Dizel yoqilğisi narxi esa yil boşidan beri 1,5 barobarga oşdi; GTL zavodi işga tuşganiga qaramay, Özbekistonda dizel narxi qöşni Qozoğistondagidan 3 barobarga qimmat bölib qolmoqda.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Özbekistonda yoqilği mahsulotlari – benzin va dizel sezilarli qimmatlaşdi. Şoxobçalarda AI-80 markali yoqilği narxi 8600 sömgaça yetgan. Şu bilan birga, benzin taqçilligi muammosi paydo böldi – hatto poytaxtda ham.
Toşkentdagi yirik AYoQŞ tarmoqlari va 30dan ortiq yakka şoxobçalardagi narxlarni monitoring qilib boradigan Golden Pages ma’lumotiga köra, iyul oyiga kelib şahardagi 10dan ortiq şoxobçada benzin yetişmovçiligi kuzatilgan.
“Özbekneftgaz” öz şoxobçalarida narxlarni özgartirmaganini aytmoqda. Kompaniya sönggi bor may oyi oxirida AI-80 narxini 6500 sömdan 6800 sömga oşirgan – yil boşidan beri ösiş 4,5 foiz. Toşkentdagi boşqa şoxobçalarda esa yil boşidan buyon AI-80 qimmatlaşişi 5,5 foizgaçani taşkil etdi (6 iyul holatiga – Golden Pages narxlar böyiça sönggi monitoringni şu kuni ötkazgan).
Benzin importi qisqargan
8 iyul kuni “Özbekneftgaz” xususiy şoxobçalarda narxlar oşayotganini yuqori oktanli benzin importi qisqargani bilan izohladi.
Unga köra, import kamayib, yuqori oktanli benzinning qimmatlaşişi mahalliy AI-80 narxiga bosimni yuzaga keltiryapti. Oddiyroq aytganda, katta miqdorda import qilinadigan AI-91 va undan yuqori markali benzin qimmatlaşgaç, haydovçilarning bir qismi AI-80 quyişga ötmoqda, bu segmentda talabning oşişi esa narx kötarilişiga olib kelyapti.
Izohda qöşimça qilinişiça, iyul oyining dastlabki 7 kunida respublikada AI-80 markali benzinga talab ötgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga köproq bölgan.
Kun.uz benzin importi böyiça ma’lumot sörab, Statistika qömitasi matbuot xizmatiga murojaat qildi, biroq uç kun davomida javob olmadi.
, yilning birinçi yarmida avtomobil benzini işlab çiqariş hajmi ötgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 foizga oşgan (562,7 ming tonnaga yetgan). 2021 va 2022 yillarning may-iyun oylari statistikasini alohida taqqoslaganda ham aytarli farq körinmaydi.
Özbekistonda benzin asosan Buxoro va Farğonadagi neftni qayta işlaş zavodlarida işlab çiqariladi (şuningdek, Oltiariqda ham NQZ bor). “Özbekneftgaz” axborotiga köra, 5 iyul holatiga kompaniya tasarrufidagi Buxoro NQZ avtobenzin (109,5 %) va dizel yoqilğisi (113,2 %) böyiça 2022 yilgi prognoz körsatkiçlarini ortiği bilan bajargan.
Farğona neftni qayta işlaş zavodi faoliyati esa, Kun.uz Energetika vazirligidan olgan ma’lumotlarga köra, oxirgi oylarda sezilarli sustlaşgan.
FNQZ iyun oyida işlab çiqarişni keskin kamaytirgan: bu oyda işlab çiqarilgan benzin miqdori (9,9 ming tonna) 6 oy davomidagi örtaça oylik körsatkiç (15,9 ming)ning atigi 62 foiziga teng.
Tovar-xomaşyo birjasidan Kun.uz'ga ma’lum qilişlariça, Farğona NQZ iyun oyida birjaga 1739 tonna benzin çiqargan (barçasi – AI-80). Bu – zavod iyun oyida işlab çiqargan benzinning 11 foiziga teng. (Qonunçilikka köra, neftni qayta işlaş zavodlari Ai-80 markali benzinni içki bozorga faqat birja orqali sotişi mumkin).
Zavod faoliyatining susayişi xususiylaştirişdan keyingi oyga töğri keldi: may oyining oxirida Farğonadagi zavod “Sanoat energetika guruhi” MÇJga sotilgan edi. Kun.uz işlab çiqariş hajmining kamaygani va mahsulotning birjaga çiqarilişi borasidagi savollar bilan “Sanoat energetika guruhi” va FNQZ matbuot xizmatlariga xat yölladi (kompaniyalar vakillari tezkor javob taqdim etilmasligi, sörovlar rasmiy xat şaklida bölişi kerakligini bildirdi).
Şu örinda eslatib ötiş lozim, 2022 yildan boşlab yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliq stavkalari neft va gaz uçun 2-3 barobarga kamaytirilgan (faqat xususiy kompaniyalar uçun), bundan maqsad – köproq konlarni özlaştirib, mahsulot hajmini köpaytiriş ekani aytilgan edi. Bunday yirik imtiyoz bozorda taklifni köpaytirişda qançalik samara bergani tahlil qilinişi yoki qilinmasligi noma’lum, biroq şunisi ma’lumki, Özbekistonda qazib olinadigan neftning 80 foizi xususiy kompaniya bölmiş “Sanoat energetika guruhi” hissasiga töğri keladi.
Dizel masalasi yanada jiddiyroq
Yanvar oyidan beri birjada Ai-80 benzini narxi 11 foizga oşgan bölsa, dizel narxidagi kötariliş salkam 50 foizga yetgan.
1 tonna dizel yil boşida birjada 10,8 mln sömdan, 20 iyulda esa 16,1 mln sömdan sotilgan (ösiş – 149,07 foiz). Dizel yoqilğisi ham asosan iyun-iyul oylarida sezilarli qimmatlaşdi.
Yil boşidan buyon dizel yoqilğisining birjadagi örtaça narxlari dinamikasi / Manba: Tovar xomaşyo birjasi / Gazeta.uz
Özbekiston dizel yoqilğisi uçun ehtiyojining katta qismini import hisobiga qoplaydi. Importyorlardan taşqari, Buxoro neftni qayta işlaş zavodi va Uzbekistan GTL zavodi dizel işlab çiqaradi va birja orqali sotadi. 19 iyul kuni BNQZ 820 tonna EKO markali, Uzbekistan GTL esa 660 tonna GTL markali dizelni birja savdolariga qöygan.
Qaşqadaryoda qurilgan, tabiiy gazdan suyuq yoqilği işlab çiqaruvçi GTL (gas-to-liquid) zavodi şu yil 1 iyul kuni ilk marta GTL dizeli işlab çiqardi va mahsulot 4 iyuldan birjaga çiqarila boşlandi.
Zavodning loyihaviy quvvati, qator boşqa mahsulotlar bilan birga, yiliga 724 ming tonna sintetik dizel işlab çiqarişga möljallangan. Bu kuniga taxminan 2 ming tonnaga yaqin mahsulot demakdir. Hozirça esa kuniga 660 tonna sintetik yoqilği birjaga çiqarilyapti. “Özbekneftgaz” zavodning “barça texnologik qurilmalari işçi holatda” ekani, “işlab çiqariş hajmlari bosqiçma-bosqiç oşirib borilayotgani”ni xabar qilgan.
GTL zavodi dizel işlab çiqarişni boşladi, lekin narx kötarilişda davom etyapti
Foto: Prezident matbuot xizmati
Iqtisodçilar Otabek Bakirov va Mirkomil Xolboyev GTL zavodi oçilişi dizel narxini tuşirmaganiga e’tibor qaratmoqda. Darhaqiqat, 1 iyul kungi savdolarda import qilingan GTL markali dizel tonnasi 15,6 mln sömdan sotilgan bölsa, şu markadagi yoqilğining 21 iyul kungi savdolardagi narxi 16,6 mln sömni taşkil etdi. 20 kunda narx 1 millionga oşdi.
Taqqoslaş uçun, 21 iyul kuni Qozoğiston birjasida dizel yoqilğisi tonnasiga 250,7 ming tengedan sotildi, bu taqriban 5,6 mln sömga teng. Ya’ni qöşni Qozoğistonda dizel Özbekistondagidan qariyb 3 barobarga arzon.
Ğuzor tumanidagi GTL zavodi 3,4 milliard dollarga barpo etilgan. Zavod qurilişi davom etayotgan 2018 yilda “Özbekneftgaz”ning öşa vaqtdagi raisi Bahrom Aşrafxonov loyihaning işga tuşirilişi benzin va boşqa neft mahsulotlari narxi arzonlaşişiga olib kelişini aytgandi.
Otabek Bakirovning sözlariga köra, Özbekistonda yoqilği, ayniqsa dizel qimmatligi muammosi talabning juda kattaligi, taklifning esa sun’iy ravişda kamaytirilganiga borib taqaladi. Uning aytişiça, “import kanallari davlat bilan çatişib ketgan, monopollaşgan norasmiy/rasmiy sektor tarafidan töliq nazorat qilinadi – ya’ni bozor yöq, oçiq bozor yöq”.
“Sof bozor tovari bölgan unning narxi, göştning narxi, tuxumning narxi sal qimirlab qolsa, darrov çora-tadbir tuzişadi, bozorni nazorat qilişga ötişadi. Lekin ğirt monopollaştirilgan va karrasiga qimmatlaştirilgan dizel böyiça esa hamma jim. Heç kim öylamaydiki, otning kallasidek dizelning narxlari ertaga unniyam, göştniyam, tuxumniyam narxini qimmatlaştiradi”, – deydi iqtisodçi.
Mirkomil Xolboyev esa Özbekistonda dizel işlab çiqariş qisqarib borayotganini qayd etdi. Uning Statistika qömitasi hisobotlariga tayanib yozişiça, 2022 va 2021 yillarning yanvar-may oylarida dizel işlab çiqariş körsatkiçi avvalgi yillarning mos davriga nisbatan 30 foizdan kamayib borgan.
“Boşqaça aytganda, 5 oylik hisobda qaraganda dizel işlab çiqariş hajmi oxirgi 2 yilda taxminan 50 foizga kamaygan. Ulkan umidlar bilan qurilgan zavod işga tuşganligi esa dizel işlab çiqariş hajmida qandaydir ijobiy özgarişga sabab bölayotganligini hozirça körayotganimiz yöq. Zavod işga tuşayotgan vaqtda yiliga 724 ming tonna dizel işlab çiqarişi hamda, buning natijasida mamlakatimiz dizel importiga qaramlikdan qutulişi kutilayotgan edi. Lekin negadir dizel işlab çiqariş hajmi oşayotgani yöq, balki jadal suratlar bilan kamayib bormoqda”, – deydi Mirkomil Xolboyev.
Eksport töxtatildi
Gazeta.uz öz manbalariga tayanib xabar berişiça, Vazirlar Mahkamasining bayonnomasi bilan 15 iyuldan boşlab avtobenzin va dizel yoqilğisini eksport qiliş vaqtinça çeklangan.
Naşr manbasiga köra, Özbekistondagi korxonalar oxirgi oyda 15–16,5 tonna benzin eksport qilgan, bu mamlakatning “5-6 kunlik ehtiyoji”ga teng ekani aytilmoqda.
Eksport çeklangaç, “Özbekneftgaz” birja savdolariga qöyiladigan benzin hajmini oşirgan, bu “narxlar tuşişiga olib kelişi”dan umid qilinmoqda.
Statqöm ma’lumotiga köra, 2021 yilda Özbekiston 78,7 mln dollarlik neft mahsulotlarini eksport qilgan, bu – 2020 yilga qaraganda 74,3 foizga köp. Asosiy xaridorlar Afğoniston va Tojikiston bölgan.
Ta’kidlaş lozim, Özbekistonda benzin va dizel yoqilğisi narxlarini davlat tomonidan tartibga soliş töxtatilganiga qaramay, qator iqtisodçilar erkin bozor şakllanmayotganini aytib keladi. Özbekistondagi yoqilği narxlari qöşni respublikalarga qaraganda sezilarli qimmatligi ham import bozoriga kirişga sun’iy tösiqlar qöyilganining belgisi deb köriladi; şuningdek, amalga oşirilayotgan energetik loyihalarning samaradorligi yuzasidan savollarga asos bölişi aytiladi.