Özbekistonda 2022 yildan yer qa’ridan foydalanganlik uçun (oltindan tortib gazgaça) soliq stavkalari pasaymoqda. Lekin stavkalar NKMK, OKMK va “Özbekneftgaz” uçun özgarmasdan qoladi. Bu 2022 yilgi budjetnoma va prezident qarorida ham aks etgandi.
Senatning navbatdagi yalpi majlisida moliya vaziri Timur Işmetov 2022 yilgi davlat budjeti borasida axborot berdi.
“Budjet barqarorligini ta’minlaş maqsadida 2022 yilda Navoiy kon metallurgiya, Olmaliq kon metallurgiya va “Özbekneftgaz” korxonalariga yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliq stavkalari saqlab qolinadi. Şuningdek, mazkur korxonalarning sof foydasi böyiça dividendlar 100 foiz miqdorda davlat budjetiga yönaltirilişi közda tutilmoqda”, — dedi vazir.
Yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliq stavkalari kamaytirilişi oktyabr oyi boşida imzolangan farmonda belgilangan edi.
Unga asosan, yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliq stavkalari:
- neft va tabiiy gaz böyiça 10 foizgaça (amalda neft 20 foiz, tabiiy gaz 30 foiz);
- oltin va mis uçun 7 foizgaça (amalda oltin 10 foiz, mis 10 foiz);
- volfram konsentrati uçun 2,7 foizgaça (amalda 10,4 foiz);
- uran uçun 8 foizgaça (amalda 10 foiz) kamaytirilişi kutilyapti.
Yerosti boyliklarini özlaştiruvçilar uçun bunday katta imtiyozlar 2022 yilgi davlat budjeti loyihasida ham aks etgan.
Yerosti boyliklarini özlaştiruvçilarga bunday katta imtiyozlarning berilişi yerosti boyliklarning xorijiy va oligarxlarga tegişli kompaniyalarga ötib ketişi xavfini tuğdirmaydimi degan savol tuğilmoqda.
Bugungi yalpi majlisdagi nutqi davomida Timur Işmetov soliq stavkalarining pasaytirilişini şunday izohladi:
“Soliq stavkalarini pasaytiriş orqali investitsiyalarni jalb qiliş va foydali qazilmalar miqdori kam bölgan konlarni özlaştiriş nazarda tutilgan.
Foydali qazilmalarni qazib olganlik uçun maxsus renta soliği joriy qilinmoqda. Bu öz navbatida yer qa’ridan foydalanganlik uçun past stavkalar bilan birgalikda quyidagilarga imkon beradi:
- investorlarga kapital xarajatlarni qoplaş;

















