Mazkur voqea respublikaning zamonaviy neft-kimyo va neft-gazni qayta işlaş sanoati rivojida yangi texnologik bosqiç hisoblanadi. Uşbu kun Özbekistonda ilk bor sintetik suyuq yoqilği işlab çiqariş yölga qöyilganligi bilan muhim ahamiyatga ega.
“Özbekneftgaz” AJ taşabbusi bilan “Uzbekistan GTL” zavodiga pres-tur taşkil qilindi.


“Özbekneftgaz” AJ boşqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev nafaqat Özbekiston, balki mintaqada neft-gaz sanoati sohasidagi eng yirik korxona hisoblangan “Uzbekistan GTL” zavodida sintetik yoqilği mahsulotlari işlab çiqarila boşlangani köplab tarmoqlarning rivojlanişida muhim ahamiyat kasb etişini ma’lum qildi. Boşqaruv raisi yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan GTL mahsulotlari birinçi navbatda, respublikaning neft mahsulotlariga, xususan, dizel yoqilğisi va kerosinga, şuningdek, suyultirilgan gazga bölgan içki ehtiyojini qoplaş uçun yetkazib berilişini, işlab çiqarilayotgan mahsulotlar yuqori sifatli bölgani uçun eksport qiliş imkoniyati ham mavjud ekanligini aytib ötdi.

“Uzbekistan GTL” zavodi ahamiyati jihatidan dunyodagi beşta zavodning biri hisoblanadi. Biz mana, sanoat va qişloq xöjaligi uçun muhim bölgan dizel yoqilğisini tayyorlaşni yölga qöydik. Bu sohaga hamma mamlakatlar ham qöl uravermaydi. Sababi jarayon juda murakkab va nozik hisoblanadi. Davlat rahbarining şaxsiy taşabbusi va hukumat qöllab-quvvatlaşi bilan biz uşbu murakkab jarayonni amalga oşira oldik. Aytişim lozim, dizel mahsulotiga bugungi kunda butun dunyoda talab yuqori. Biroq biz avvalo mamlakat ehtiyojini qondirişni rejalaştirganmiz.
Uşbu zavodimiz işga tuşirilişi va mahsulot olina boşlangani bizga xalqaro hamjamiyatda ham bir qator ustunliklar beradi. Allaqaçon dunyoning yetakçi banklari, yirik korxonalar biz bilan hamkorlik qilişni istayapti. Kelgusi loyihalarimizni ham qöllab-quvvatlaş taklifi bildirildi” – dedi Mehriddin Abdullayev.























