Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadovning xabar berişiça, yangi korxona GTL, ya’ni "gazni - suyuqlikka" texnologiyasi asosida yiliga 3,6 mlrd metr kub tabiiy gazni qayta işlab, 1,5 mln tonna tayyor mahsulotlar - aviakerosin, dizel yonilğisi, nafta, suyultirilgan gaz işlab çiqariş quvvatiga ega.

Bunday zavod şu paytgaça jahonda faqat 4 ta davlatda – Qatar, Nigeriya, JAR va Malayziyada barpo etilgan.

Bu yerda yiliga umumiy qiymati 1 milliard AQŞ dollari yoki 12,8 trillion sömdan ortiq import örnini bosuvçi neft mahsulotlari va uglevodorod xomaşyolari işlab çiqariladi.

UzGTL sintetik suyuq yonilği işlab çiqariş loyihasi yaratilişida Sasol (Janubiy Afrika), Haldor Topsøe (Daniya), Chevron (AQŞ) va Honeywell kabi yetakçi kompaniyalarning ilğor texnologik yeçimlaridan foydalanildi.

UzGTL sintetik suyuq yonilği işlab çiqariş majmuasida yiliga 3,6 milliard kub metr gaz qayta işlanadi, undan yiliga 1,5 million tonna yuqori sifatli va ekologik toza sintetik yonilği, jumladan, 307 ming tonna kerosin, 724 ming tonna sintetik dizel yonilğisi, 437 ming tonna nafta va 53 ming tonna suyultirilgan gaz kabi neft mahsulotlari işlab çiqariladi.

Yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan UzGTL mahsulotlari birinçi navbatda, respublikaning neft mahsulotlariga, xususan, dizel yonilğisi va kerosinga, şuningdek, suyultirilgan gazga bölgan içki ehtiyojini qoplaş uçun yetkazib beriladi. Işlab çiqarilayotgan mahsulotlar yuqori sifatli bölgani uçun eksport qiliş imkoniyati ham mavjud böladi.

2021 yil yanvarda xom suvni qayta işlaş qurilmalari — mineralsiz suv işlab çiqariş hamda yonğin öçiruv suv tizimi qismi işga tuşdi. Fevral oyida «Maş’ala» tizimi va buğ qozonlari foydalanişga topşirildi. Mart oyidan zavodga yonilği gazi qabul qiliş boşlandi. Şuningdek, aprel oyida suvni sovitiş qurilmasi (gradirnya) işga tuşirildi.

Zavod töliq işga tuşsa, yiliga 3,6 mlrd kub metr gaz qayta işlanib, undan 1,5 mln tonna sintetik suyuq yonilği işlab çiqariladi. Şu bilan birga, 307,3 ming tonna aviakerosin, 724,6 ming tonna dizel yonilğisi, 437,3 ming tonna nafta, 53,4 ming tonna suyultirilgan gaz işlab çiqarilişi reja qilingan.

Zavod tabiiy gaz (tozalangan metan)ni qayta işlaşga möljallangan bölib, mahsulot «Şörtangaz» konlari guruhidan qazib çiqarilib, Şörtan gaz-kimyo majmuasidan yetkazib beriladi. Zavod mahsulotlaridan transport, qişloq xöjaligi, aviatsiya hamda neft va kimyo sanoatida foydalaniş rejalaştirilgan.