«Özbekneftgaz» boşqaruvi raisi Bahrom Aşrafxonov prezident Şavkat Mirziyoyevning Uzbekistan GTL sintetik suyuq yoqilğisi işlab çiqaradigan zavod işga tuşirilgandan keyin benzin narxi pasayişi haqidagi sözlariga izoh berdi.

«GTL zavodi işga tuşirilişi munosabati bilan aviakerosin va dizel yoqilğisi işlab çiqariladi. Bu şuni anglatadiki, bunday tovarlarni işlab çiqariş uçun xomaşyoni import qilmaymiz. Import qilinadigan neft qismi benzin işlab çiqariş uçun işlatiladi, bu benzin tannarxining pasayişiga olib keladi», - dedi u jurnalistlarga.

Ötgan haftada zavod quriliş maydonçasiga taşrif buyurgan Özbekiston prezidentining sözlariga köra, uning mahsulotlari hozirda çetdan import qilinayotgan xomaşyolar örnini qoplaydi. Buning evaziga yiliga neft sotib olişga ketadigan 1 milliard dollardan ortiq valuta mablağlari iqtisod qilinadi.  

Yiliga hisoblaganda, tabiiy gazdan köra tayyor GTL mahsulotlaridan köriladigan qöşimça daromad 576 million dollardan oşadi.
 
Mazkur loyihaning umumiy qiymati 3,6 milliard AQŞ dollariga teng. Loyiha amalga oşirilişi natijasida yiliga 3,6 milliard kub metr gaz çuqur qayta işlanib, YeVRO-5 standartlariga javob beradigan 1,5 million tonna sintetik suyuq yoqilği işlab çiqariladi. Bular 311 ming tonna aviakerosin, 743 ming tonna dizel yonilğisi, 431 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gazdir.