O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi Madaniyat vazirligi tizimiga o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilindi.
Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida:
“Axborot va kompyuter texnologiyalari markazi” davlat muassasasi “Yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va axborot-multimedia markazi” davlat muassasasi etib qayta nomlanadi;
Madaniyat va san'at ko‘rgazmasi hamda Yoshlar madaniyat va san'at markazi tugatilsin, ularning budjetdan moliyalashtiriladigan shtat birliklari, balansida bo‘lgan binolar hamda boshqa moddiy-texnika vositalari Madaniyat vazirligiga o‘tkaziladi;
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning barcha hududiy boshqarmalari tuzilmasida tegishlicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Badiiy ekspertiza boshqarmasi hamda badiiy ekspertiza bo‘limlari tashkil etiladi;
Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertiza boshqarmasi, uning hududiy bo‘limlari tugatilsin, ularning mavjud shtat birliklari hamda mol-mulklari moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda tegishlicha Departament hamda uning hududiy boshqarmalariga, pul mablag‘lari esa – Departamentning budjetdan tashqari Madaniy meros jamg‘armasiga o‘tkaziladi;
Madaniyat vazirligi huzuridagi “Madaniy meros tiklash-ta'mirlash” davlat unitar korxonasi hamda Departament huzuridagi “Meros chashmasi” davlat unitar korxonasi tugatilsin, ularga xo‘jalik yuritish, operativ boshqaruv va doimiy foydalanish huquqi bilan tegishli bo‘lgan binolar hamda boshqa moddiy-texnika vositalari belgilangan tartibda Madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutiga o‘tkaziladi;
Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta'mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmatining nomi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi etib qayta nomlanadi;
“Guliston”, “Teatr” va “Moziydan sado” jurnallari tahririyatlari yagona tahririyatga birlashtiriladi.
Madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutiga qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda, arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish, geodeziya va kartografiya faoliyati, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarini asrashga doir faoliyat turlarini tegishli litsenziyalarni olmasdan amalga oshirish huquqi beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi mavjud shtat birliklari va moddiy-texnika bazasi bilan to‘liq hajmda, moliyalashtirish, mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda Madaniyat vazirligi tizimiga o‘tkaziladi.
2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatchilari uchun mehnatga haq to‘lashning yagona tizimi joriy etilguniga qadar Madaniyat vazirligi, hududiy madaniyat boshqarmalari, tuman va shahar madaniyat bo‘limlari xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ushbu xarajatlar uchun Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirishning quyidagi turlari joriy etiladi:
ko‘p yillik mehnati uchun rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda qo‘shimcha pul to‘lash: 2 yildan 5 yilgacha – 0,1; 5 yildan 10 yilgacha – 0,2; 10 yildan 15 yilgacha – 0,3; 15 yildan ortiq – 0,4;
xodimlar faoliyatining natijadorligiga ko‘ra ish beruvchining alohida buyrug‘i bilan o‘rnatiladigan, lavozim maoshidan (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) 100 foizgacha bo‘lgan miqdorda har oylik shaxsiy ustama;
har oylik oziq-ovqat uchun xarajatlarni qoplash bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida to‘lovlar;
har oylik yo‘lkira uchun xarajatlarni qoplash bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lovlar, xizmat avtotransporti biriktirilgan xodimlardan tashqari.
Tavsiya etamiz
Kiyevga yana zarba berildi. Qurbonlar bor
Jahon | 13:57 / 23.03.2025
Yangi “inomarka”lar savdosi 2 barobardan ko‘proqqa kamayib ketdi
Iqtisodiyot | 10:04 / 23.03.2025
Yana uchta muhim o‘yin. O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
Sport | 17:29 / 22.03.2025
“Haydovchilarning manfaati eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak” – tezlik “chegirmasi”ning oshirilishi e’tirozga sabab bo‘lmoqda
O‘zbekiston | 10:45 / 22.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda antifriz ichgan ayol og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi
Jamiyat | 18:21
-
Farg‘onada maishiy chiqindi xizmati narxlari o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 18:18
-
Britaniyada 50 mingga yaqin davlat xizmatchisi qisqartirilishi mumkin
Jahon | 18:16
-
Xitoy bosh vaziri xorijiy sanksiyalarga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
Jahon | 17:42
Mavzuga oid

12:14 / 04.03.2025
San’atkorlarga «u yoki bu dinni targ‘ib qilmaslik» bo‘yicha tushuntirish olib borildi

22:17 / 04.10.2024
Konsertlarning ssenariylarini oldindan tekshirish tartibi joriy etilishi mumkin

12:38 / 08.04.2024
“Ovoz” loyihasining gonorariga salkam 2 mlrd so‘m ajratildi

13:18 / 23.03.2024