2 aprel kuni “Talent Show” MÇJ hamda Madaniyat vazirligi örtasida imzolangan şartnomaga köra, jamiyat “Ovoz” televizion loyihasining suratga oliş jarayonlarida öz xizmatlarini körsatadi.

Davlat xaridlari portalida e’lon qilingan hujjatda taşkilotçilarga 6 oy davomida ma’lum summada gonorar tölanişi belgilangan. Şartnomada vazirlik bajarilgan işlar uçun haq tölaş majburiyatini öz zimmasiga olişi ham qayd etiladi.

Qayd etilişiça, teleloyihada qatnaşuvçi 3 nafar ustoz uçun oyiga 38 mln sömdan jami 684 mln söm, 1 nafar badiiy rahbar uçun oyiga 57 mln sömda jami 342 mln söm, 1 nafar musiqa direktori uçun 38 mln sömdan, 228 mln söm hamda 6 nafar sozandaga 14,5 mln sömdan jami 522 mln söm ajratilgan.

16 mart kuni loyihaning rasmiy taqdimotida uning ilk mavsumi murabbiylari Farrux Zokirov, Sevara Nazarxon, Tohir Sodiqov hamda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bölişi aytilgan.