Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda “Teatr tomoshalari haftaligi” o‘tkazilmoqda
Haftalik doirasida respublikadagi 41 ta teatrning barchasida tashkil etilayotgan tadbirlarga kirish bepul qilib belgilandi.
21–27 mart kunlari “Teatr tomoshalari haftaligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” e’lon qilingan. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 21–27 mart kunlari respublika bo‘ylab “Teatr tomoshalari haftaligi” doirasida barcha teatrlarda dekoratsiya va libos ko‘rgazmasi, ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari hamda spektakl va teatrlashtirilgan konsert dasturlari namoyish etilmoqda. Davlat teatrlarida tashkil etilayotgan barcha tadbirlarga tashrif buyurish bepul.
Ma’lumot uchun, prezidentning tegishli qarori hamda YuNeSKO huzuridagi Xalqaro teatr institutining IX kongressida 27 mart Xalqaro teatr kunini O‘zbekistonda keng nishonlash ta’sis etilgan. Shunga ko‘ra, har yili 21–27 mart kunlari “Teatr tomoshalari haftaligi” o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
18:28 / 11.06.2026
Madaniyatga tikilgan pullar, san’atkordan vazirlikka, internet madaniyatchilari – vazir Nazarbekov bilan suhbat
17:54 / 06.06.2026
Qo‘g‘irchoq teatri san’ati an’analarini asrab qolish alohida ahamiyatga ega – Saida Mirziyoyeva
15:09 / 01.06.2026
Spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga qo‘shimcha gonorar to‘lanadi
10:42 / 30.04.2026