Bu haqda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni Turkiyaning Antaliya şahrida bölib ötgan BMT Iqlim özgarişi töğrisidagi hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasidagi (COP31) nutqida maʼlum qildi.
Davlat rahbarining taʼkidlaşiça, Özbekiston iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş böyiça global saʼy-harakatlarni qöllab-quvvatlamoqda va iqtisodiyotni «yaşil» texnologiyalar asosida rivojlantirişga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.
Mamlakat yalpi içki mahsulot birligiga töğri keladigan issiqxona gazlari çiqindilarini 35 foizga qisqartiriş maqsadiga muddatidan oldin erişgan.
Prezident suv resurslaridan oqilona foydalaniş borasidagi natijalarga ham töxtaldi. Uning maʼlum qilişiça, sönggi ön yilda Özbekiston iqtisodiyotida suv sarfi deyarli ikki baravarga, suv havzalaridan olinayotgan suv miqdori esa 20 foizga kamaygan.
Ayni paytda suğoriladigan yer maydonlarining 60 foizida suv tejovçi texnologiyalar joriy etilgan.
Şavkat Mirziyoyev 2027-yildan Özbekiston Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raislik qilişini ham maʼlum qildi. Mamlakat transçegaraviy suv havzalarini boşqariş böyiça masʼuliyatli vazifalarni bajarişga tayyor ekani taʼkidlandi.
Şuningdek, Özbekistonda örmonlar maydoni 6 million gektarga köpaytirilgani, uning uçdan bir qismi Orolböyi hududiga töğri kelişi qayd etildi.
Bundan taşqari, mamlakatda 3 milliard dollardan ortiq investitsiya yönaltiriladigan çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş strategiyasi joriy etilgan.
Markaziy Osiyo uçun yangi iqlim modeli
Prezident öz nutqida Markaziy Osiyoda muzliklarning erişi, suv tanqisligi va qurğoqçilik xavfi kuçayib borayotganiga eʼtibor qaratdi.
Uşbu muammolarga qarşi birgalikda kuraşiş maqsadida Şavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoning Iqlim integratsiyasi modelini rivojlantiriş taşabbusini ilgari surdi.
Taşabbus uçta asosiy yönalişni qamrab oladi.
Birinçi yönaliş - axborot almaşinuvi. Jahon meteorologiya taşkiloti kömagida iqlim xavf-xatarlari haqida maʼlumot almaşiş infratuzilmasini yaratiş, tabiiy ofatlar böyiça erta ogohlantiriş tizimini yölga qöyiş va uzoq muddatli iqlim xavflarini birgalikda kuzatiş taklif etildi.













