O‘zbekiston | 16:16 / 18.06.2020
149515
5 daqiqa o‘qiladi

Xodimi virus yuqtirgani uchun tadbirkorni jazolash to‘g‘rimi? Maxsus komissiya qarori e'tirozlarga sabab bo‘lmoqda

Respublika maxsus komissiyasining tadbirkorlik sub'yektlarida sanitariya talablariga rioya etmaslik oqibatida koronavirus aniqlangan taqdirda, ushbu obektlarni va shaxslarni karantinga olish bilan bog‘liq xarajatlar mazkur xo‘jalik sub'yektlar hisobidan qoplanishiga oid qarori jamoatchilikda e'tiroz uyg‘otmoqda.

Foto: Oqil G‘ulomov / O‘zA

Komissiyaning bu haqdagi qarori 14 iyun kuni e'lon qilindi.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekovning izohlashicha, buning asosiy sababi – «yashil» va «sariq» hududlarda joylashgan qurilish, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tadbirkorlik sub'yektlari mas'uliyatni to‘liq his qilishi va karantin tadbirlariga rioya etishiga erishish bilan bog‘liq.

Nurmat Otabekov koronavirus aynan qaysidir tadbirkorlik sub'yektida yuqqanini qanday isbotlash mumkinligiga oid masalaga quyidagicha izoh berdi:

«Epidemiologik surishtiruvlar paytida barcha imkoniyatlar ishga solinadi. Avvalo, kasallik qayerda yuqqani gumon qilinadi. So‘ng bu gipoteza tasdiqlanishi kerak bo‘ladi. Tadbirkorlik sub'yektiga kasallik yuqtirgani aybini qo‘yish asosiy maqsad emas. Tadbirkorlik sub'yektlari kasallik yuqtirish uchun shart-sharoit yaratib bermaganini isbotlash imkoniga ega. Buni sanitariya holatini nazorat qilib turadigan mas'ullar ham ko‘rishi mumkin».

Uning qo‘shimcha qilishicha, har bir tadbirkorlik sub'yektiga bitta sanitariya vrachini nazorat qilish uchun biriktirishning imkoni yo‘q. Shuning uchun tadbirkorlik sub'yektlari egalari videokuzatuv kameralaridan foydalanishi maqsadga muvofiq.

«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunning 18-1-moddasiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomilining murakkablashtirilishi va tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan, shuningdek ularning javobgarligiga oid yangi choralarni belgilaydigan qonun hujjatlari rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kamida uch oydan keyin kuchga kirishi belgilab qo‘yilgan.

Komissiya qarori qonun hujjati hisoblanmasa-da, jamiyat hayotini tartibga solayotgan muhim qarorlar qabul qilayotgani, ularning ba'zilari tadbirkorlar faoliyatiga ham bevosita daxldorligini inobatga olib, yuqoridagi qonun talabiga amal qilish lozim bo‘ladi.

Ya'ni, basharti, tadbirkorlik sub'yekti o‘zining aybsizligini isbotlashi uchun videokuzatuv kameralarini o‘rnatish talab qilinar ekan, ushbu ishni bajarishi uchun unga kamida uch oy vaqt berilishi kerak va ayni shu muddat o‘tgunicha videokuzatuv kameralari yo‘qligi vaji bilan tadbirkorlik sub'yektiga qo‘shimcha majburiyatlar yuklash qonuniy emas.

Tadbirkorlik sub'yektlari kasallik yuqtirish uchun shart-sharoit yaratib bermaganini isbotlash uchun videokuzatuv kameralaridan foydalanishi maqsadga muvofiqligi ta'kidlandi. Aks holda, tadbirkorlik sub'yekti o‘zining aybsiz ekanini isbotlashi qiyin bo‘lishini tushunish qiyin emas.

Agar videokuzatuv o‘rnatilmasa, tadbirkorlik sub'yektiga kasallik yuqtirgani aybini qo‘yish oson kechadi.

Qiziq holat: tadbirkorlik sub'yekti kasallik yuqtirish uchun shart-sharoit yaratib bermaganini isbotlashga majburmi? Aybsizligini isbotlash uchun videokuzatuv o‘rnatish tavsiya qilinayotganidan shu ma'no kelib chiqmoqda.

Jinoyat-protsessual qonunchiligi bilan analogiya qilinadigan bo‘lsa, bu xuddi shaxsga jinoiy ayblov e'lon qilinib, aybsizligini isbotlashni ayblanuvchining o‘ziga yuklab qo‘yishga o‘xshaydi. Aybsizlik prezumpsiyasiga ko‘ra, ayblanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishga majbur emas, balki organlar qonunda nazarda tutilgan tartibda uning aybdor ekanini isbotlashi kerak bo‘ladi.

Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi: videokuzatuv kameralari havodagi yoki inson organizmidagi koronavirus infeksiyalarini ko‘ra oladimi?

Tadbirkor karantin qoidalariga albatta rioya qilish kerak. Buni hech kim inkor etolmaydi. Ammo tadbirkor o‘z hududida karantin qoidalariga yuz foiz amal qilgan taqdirda ham, unda faoliyat yurituvchi xodimlar yoki mijozlar orqali kasallik yuqishi mumkinligi ehtimoli past ko‘rsatkichlarda bo‘lsa-da, baribir saqlanib qolishini ham hech kim rad qilolmaydi. Butun dunyoga xavf solib turgan bu virusning yuqish darajasi o‘ta yuqori ekani buni isbotlab turibdi. Bu o‘rinda qanchalik himoya vositalari bilan himoyalanmasin, kasallikka chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘layotgan tibbiyot xodimlarida ham tez-tez kasallik aniqlanayotganini eslab o‘tish lozim.

Shunday ekan, bugungi og‘ir sharoitda faoliyatini endi qayta tiklagan tadbirkor-ishbilarmonlarga mantiqsiz qaror orqali ortiqcha xarajatlarni yuklash qanchalik to‘g‘ri bo‘lishini yana bir bor o‘ylab ko‘rish zarar qilmaydi. Yo‘qsa, bu ham karantin qoidalarini buzgan haydovchilar-u, ularning jarima maydonlarida qolayotgan mashinalari kabi qonunsiz amaliyotga aylanib ketmasligiga kafolat yo‘q.

Abbos Salaydinov,
huquqshunos

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi