Maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitishda tadbirkorlarni jalb etish tartibi belgilandi
Kasb-hunarga o‘qitishda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan tadbirkorlar va hunarmandlarning o‘zaro hamkorligi Nizomga asosan tartibga solinadi.

Hukumat qarori bilan «O‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va tadbirkorlik sub’yektlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizom o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan tadbirkorlar va hunarmandlarning o‘zaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
- umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari;
- umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitishni tashkil etish tartibi;
- tadbirkorlar tomonidan maktablarda kasb-hunar to‘garaklarini tashkil etish asoslari;
- umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining bo‘sh turgan binolarini tadbirkorlarga ijaraga berishda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi va tadbirkorlarning majburiyatlari.
Kasb to‘garaklariga kasbga qiziqishi bo‘lgan 7–11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi.
2025 yildan 8-sinf o‘quvchilari uchun sanoat, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, agrotexnologiya sohalaridagi korxona va tashkilotlarga ekskursiyalar tashkil etiladi.
2024/2025 o‘quv yili yakunigacha maktablar bitiruvchilarini egallaydigan kasb-hunari bo‘yicha amaliy imtihondan o‘tkazish va ularga elektron sertifikat berish tartibi joriy etiladi.
Mavzuga oid

13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi

16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda

16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi

14:26 / 29.04.2025