Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, «qizil», «sariq» va «yaşil» hududlarga ajratiş tartibi, şuningdek, kuçaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati 2020 yilning 1 avgustiga qadar saqlab qolinadi.

Unga köra, jamoat joylarida tibbiy niqobdan va antiseptik vositalardan foydalangan holda harakatlaniş böyiça sanitariya-gigiyena talabiga qat'iy rioya etilişi, şu jumladan ijtimoiy masofani saqlanişi ustidan nazoratni kuçaytiriş belgilanmoqda.

Endi karantin xarajatini karantin talablarini buzgan qoplaydi.

«Karantin çeklovlari şaroitida faoliyat yuritişiga ruxsat berilgan tadbirkorlik sub'yektlariga (quriliş, umumiy ovqatlaniş, xizmat körsatiş obektlari va b.) tegişli obektlarda belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etmaslik oqibatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan taqdirda uşbu obektlarni va şaxslarni karantinga oliş hamda saqlaş bilan boğliq xarajatlar mazkur sub'yektlar hisobidan qoplanişi belgilandi», deyiladi maxsus komissiya axborotida.

Sönggi marta Özbekistonda «qizil», «sariq» va «yaşil» hududlarga ajratiş tartibi, şuningdek, kuçaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati 15 iyungaça uzaytirilgandi.

  • Eslatib ötamiz, 15 iyundan boşlab «yaşil» va «sariq» hududlarda umumiy ovqatlaniş obektlari, maktabgaça ta'lim taşkilotlari va buyum bozorlari faoliyatiga muayyan şartlar asosida ruxsat berilmoqda. Bunda belgilangan şartlarga rioya qiliş kerak böladi.