Prezidentning PF–140-sonli farmoniga köra, 2026 yil 1 sentyabrdan boşlab “Özsuvta’minot” AJ foydalanişiga topşiriladigan barça içimlik suvi va oqova suv infratuzilmasini rivojlantiriş loyihalari “Dasturlarning amalga oşirilişini monitoring qiliş va manzilli röyxatlarni kelişişning avtomatlaştirilgan axborot tizimi” elektron platformasida aks ettiriladi.
Hujjatga muvofiq, “Özsuvta’minot” AJ hamda uning tizim korxonalari örtasida şartnomaviy munosabatlarni samarali taşkil etiş maqsadida tor ixtisoslik böyiça malaka oşiriş, öqitiş va ekspluatatsiya işlariga oid şartnomalar töğridan töğri tuziladi.
Şuningdek, içimlik suvi ta’minoti va oqova suv sohasidagi yangi loyihalarni moliyalaştiriş uçun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya taşkilotlarining qarz va grant mablağlarini oldindan xarid, retroaktiv va boşqa moliyalaştiriş mexanizmlari orqali jalb qiliş tartibi yölga qöyiladi.
2027 yil 1 yanvardan e’tiboran markazlaşgan içimlik suvi ta’minotini taşkil etiş iqtisodiy jihatdan samarasiz yoki maqsadga muvofiq bölmagan hududlarda aholiga xizmat körsatiş alohida yondaşuv asosida amalga oşiriladi. Bunda maxsus texnikalar orqali suv yetkazib beriş va suv tarqatiş şoxobçalarini taşkil etiş kabi usullar qöllaniladi.
Farmon bilan yana bir muhim yangilik sifatida içimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari tariflarini tasdiqlaş vakolati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasiga ötkazildi. Bu tarif siyosatini yanada takomillaştiriş va sohada yagona yondaşuvni ta’minlaşga xizmat qilişi kutilmoqda.













