Ayrim hududlarda karantin cheklovlari yumshatiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirus aniqlanmagan yoki epidemiologik vaziyat yaxshilangan viloyat, tuman va shaharlarda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha topshiriq berdi.
Davlat rahbari sanoat, qurilish va infratuzilma tarmoqlari korxonalarining to‘liq ishlashini ta'minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida Respublika komissiyasiga koronavirus umuman aniqlanmagan yoki epidemiologik vaziyat yaxshilangan viloyat, tuman va shaharlarda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriq berdi. Faoliyati tiklanadigan obektlarda ishlar sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda tashkil etiladi.
«Aholi bandligi va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash borasida katta imkoniyatlarga ega «drayver»lardan biri qurilish sohasi hisoblanadi. Xususan, bu tarmoq 1 million 325 ming nafar aholini ish bilan ta'minlaydi, boshqa sanoat yo‘nalishlari uchun ham talab yaratadi. Shu bois, karantin davrida qurilish hajmi kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bu sohaga qo‘shimcha 3,6 trillion so‘m mablag‘ ajratildi.
Joriy yilning birinchi choragida qurilish ishlari hajmi 6,5 foizga o‘sgan bo‘lsa-da, o‘tgan yilning shu davridan 4 foizli bandga orqada qolmoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Yig‘ilishda qayd etilganidek, karantin qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda, barcha qurilishlarni davom ettirishga ruxsat beriladi. Ichki ishlar vazirligiga soha korxonalari va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarning harakatlanishiga sharoit yaratish vazifasi qo‘yildi.
Joriy yilda 30 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Lekin 25 ta shaharda buning uchun yer maydonlari haligacha ajratilmagan. Ipoteka krediti olish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqishda ham sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan.
Yig‘ilishda bu kamchiliklarni tez kunlarda bartaraf etish, ko‘p qavatli uylar uchun yerni aholi talablari yuqori bo‘lgan hududlardan ajratish zarurligi ta'kidlandi.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan xususiy pudrat tashkilotlariga kreditlarning foiz xarajatlarini qisman qoplash va kredit summasining 50 foizigacha kafolat berish mexanizmi joriy etilishi belgilandi.
Yangi tartib asosida berilayotgan ipoteka kreditlari muddatini 15 yildan 20 yilga uzaytirish, shuningdek, ipoteka kreditining eng yuqori chegarasini bozor talablari asosida ko‘paytirish kerakligi qayd etildi.
Qurilish sifatini oshirish, soha korxonalari faoliyatini baholash reytingi va elektron tender tizimini ishga tushirishni jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda qurilish materiallari bozori bilan bog‘liq masalalar ham atroflicha muhokama qilindi.
Karantin davrida mazkur industriya korxonalarida ishlab chiqarish hajmi 30-40 foizga kamaygan. O‘z navbatida, xomashyo mahsulotlari ham sotilmay qolgan.
Shundan kelib chiqib, «O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik kompaniyasiga birinchi yarim yillikda mahsulot ishlab chiqarishni 10 trillion so‘m va yil oxirigacha 22 trillion so‘mga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Bu ko‘rsatkichlarni ta'minlashda eksport bozorlari asosiy imkoniyat hisoblanadi.
Import o‘rnini bosuvchi mahalliy qurilish iateriallari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Yurtimizda buning uchun zarur xomashyo olish mumkin bo‘lgan 275 ta istiqbolli kon mavjud. Misol uchun, G‘ozg‘onda 52 million dollarlik 14 ta loyiha ishga tushirilmoqda. Prezidentimiz konlarni o‘zlashtirish orqali shunday samarali loyihalarni ko‘paytirish zarurligini ta'kidladi.
Joriy yilda energiya tejamkor qurilish materiallari tayyorlash bo‘yicha 7ta loyihani ishga tushirish, kelgusidagi obektlarni loyihalashda ushbu mahsulotlardan foydalanishni nazarda tutish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Karantin davrida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi qurilishiga Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasidan qo‘shimcha 1,5 trillion so‘m, xususan, suv ta'minoti bo‘yicha 55 ta loyihaga 500 milliard so‘m va yo‘l qurilishi bo‘yicha 1 ming 547ta loyihaga 1 trillion so‘m mablag‘ ajratildi.
Yig‘ilishda bu loyihalarning ijrosi ham ko‘rib chiqildi. Pudratchilarni aniqlab, qurilish ishlarini tez fursatlarda boshlash muhimligi qayd etildi.
Pandemiya sababli xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari ishtirokidagi loyihalar ham to‘xtab qolgan edi. Xususan, ichimlik suvi tizimini yaxshilash hamda yo‘l qurilishi sohasida shunday muammolar mavjud.
Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, bunday loyihalarga tender orqali mahalliy pudrat tashkilotlarini ham jalb qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Davlat tomonidan mahalliy budjetlar daromadini oshirish, xususan, yo‘l qurilishi uchun mablag‘larni shakllantirishga barcha sharoitlar yaratib berildi. Endi hududlar respublikadan mablag‘ kelishini kutib o‘tirmasdan, ichki yo‘llarni o‘zlari ta'mirlashlari zarurligi aytib o‘tildi.
«Umuman olganda, uy-joy qurilishi bo‘ladimi yoki infratuzilma obektlarimi, qurilish sohasi yangi ish o‘rinlarini yaratish, bozorda talab va taklifni shakllantirish, pirovardida iqtisodiy o‘sishni ta'minlash uchun katta imkoniyat va zaxira hisoblanadi. Tarmoq rahbarlari bugungi yig‘ilishda o‘zlariga yuklatilgan mas'uliyatni chuqur his etib, ishlarni to‘g‘ri tashkil etsalar, iqtisodiy inqirozdan imkon qadar kam yo‘qotishlar bilan chiqib ketamiz», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
Coca-Cola tarkibida xlorat ko‘p bo‘lgani uchun Yevropadagi mahsulotlarini qaytarib oldi
Jahon | 17:25 / 28.01.2025
AQShda yuk tashish inqirozi tugadimi?
Jahon | 16:03 / 28.01.2025
Kolumbiya prezidenti muhojirlarni quvayotgan AQShga: «Ularga jinoyatchidek muomala qilmang»
Jahon | 23:24 / 27.01.2025
Sun’iy intellekt yetakchilari – Davosda. Ular nimalar deyishdi?
Fan-texnika | 19:09 / 27.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukrainaning Slovakiyadagi elchisiga norozilik notasi topshirildi
Jahon | 09:05
-
American University of Technology AQShda o‘qish imkoniyati ko‘zda tutilgan magistratura dasturini yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 09:00
-
Vashingtonda samolyot vertolyot bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng daryoga quladi
Jahon | 08:41
-
Tramp Hamas hujumini qo‘llab-quvvatlagan talabalarni deportatsiya qilmoqchi
Jahon | 08:12
Mavzuga oid
22:49 / 29.01.2025
Baxtiyor Saidov Turkiya prezidentiga Shavkat Mirziyoyevning maktubini yetkazdi
21:06 / 29.01.2025
Islom sivilizatsiyasining zamini – ilm-fan, madaniyat, ta’lim va tarbiyadir - prezident
21:13 / 28.01.2025
Energetika sohasini 2035 yilgacha rivojlantirish dasturi tayyorlanadi
17:45 / 28.01.2025