O‘zbekiston | 15:43 / 21.04.2021
20531
3 daqiqa o‘qiladi

«Biz qonunni buzganimiz yo‘q» - Internetda reklama obekti buzib tashlanayotgan tadbirkor videomurojaati tarqaldi

Kun.uz holat yuzasidan hodisa yuz bergan hudud – Shayxontohur tuman hokimligi bilan bog‘landi. Ammo hokimlik bu masalada izoh berolmasligini bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Shayxontohur tumanidagi tashqi reklama obekti buzib tashlanayotgani aks etgan video tarqaldi. Unda o‘zini obektning egasi sifatida tanishtirgan tadbirkor murojaati ham namoyon bo‘lgan. 

«20 yildan beri reklama biznesi bilan shug‘ullanaman. Bu shit qonuniy, hujjatlari bor. Hech qanday asossiz reklama shitini buzishyapti. Bu bizning biznesimiz. Mening kompaniyamda 12 kishi ishlaydi. Ular shu yerdan oylik olishadi. Bu xususiy biznes, biz soliq to‘laymiz. Prezidentimiz kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlayapti. Nima uchun shitimizni buzishyapti?

Men yahudiyman. Qarindoshlarim Germaniya, Isroil, Amerikada yashaydi. Lekin men u yerga ketishni xohlamayman. Chunki bu mamlakatni yaxshi ko‘raman. Bu odamlar shitni buzishlari mumkin emas. Men ularni sudga beraman. Biz hech qaysi qonunni buzganimiz yo‘q», deydi tadbirkor.

Kun.uz holat yuzasidan tuman hokimligi bilan bog‘landi. Ammo hokimlik bu masalada izoh berolmasligini bildirdi.

Avvalroq, Kun.uz saytida Toshkent shahridagi yuzlab reklama bannerlari hech qanday huquqiy asos ko‘rsatilmasdan buzib yuborilayotgani bo‘yicha maqola e'lon qilingandi.

Tadbirkorlar ushbu masala yuzasidan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev huzuriga ham kirishgan. Poytaxt hokimi mahalliy hokimliklarga bunday buyruq berilmaganini, tadbirkorlar IIO xodimlarini chaqirib yoki prokuratura va sud orqali o‘z mulklarini himoya qilib olishlari mumkinligini aytgan.

Shu kunlarda poytaxtdagi tashqi reklama biznesi egalarining o‘zlariga mulk huquqi bilan tegishli bo‘lgan, bahosi 30 milliondan 300 million so‘mgacha turadigan reklama konstruksiyalari noma'lum sabablarga ko‘ra buzib tashlanayotgani haqidagi murojaatlari ijtimoiy tarmoqlarni to‘ldirmoqda.

Ammo, tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi kerak bo‘lgan Biznes ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi yoki Bosh prokuratura shu kunga qadar vaziyat yuzasidan munosabat bildirganicha yo‘q.

Mavzuga oid

E`lonlar

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

O‘zbekiston Milliy banki dam olish kunlarida ham siz uchun xizmat ko‘rsatadi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda