O‘zbekiston | 11:56 / 19.06.2020
3482
4 daqiqa o‘qiladi

“O‘zagrosug‘urta” AJ Buxorodagi tabiiy ofat uchun 5,5 mlrd so‘m to‘ladi

Foto: O‘zagrosug‘urta

Bir tomondan koronavirus pandemiyasi, ikkinchi tomondan tabiiy ofatlar xalqimiz uchun sinovli va og‘ir kunlarni keltirdi. Bunday sharoitda “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati mas'uliyatni to‘la his etib, ofatlar oqibatlarini bartaraf qilishda muhim vazifalarni samarali va muvaffaqiyatli amalga oshirib, hukumatga yelkadosh bo‘lmoqda. Jumladan, kompaniya tomonidan Buxoroda bo‘lib o‘tgan kuchli shamoldan ziyon ko‘rganlar uchun qariyb 5,5 milliard so‘m sug‘urta tovonlari to‘lab berildi.

Tabiiy ofat viloyatdagi ko‘plab tadbirkorlarni hosildan mosuvo qildi. Ularning turar va noturar joylari, mol-mulklariga jiddiy zarar yetkazdi. Joylarda tadbirkorlik faoliyati to‘xtab qolmasligini ta'minlash, olingan kreditlarni o‘z vaqtida qaytarish choralarini ko‘rish bugungi kunda aksar buxoroliklar uchun eng dolzarb masalaga aylandi.

“Davlat rahbarining yosh tadbirkorlar uchun yaratib bergan imkoniyatlaridan foydalanib, olingan kredit hisobiga xususiy bog‘cha ochganmiz”, deydi 27 yoshli tadbirkor Bekzod Narzulloyev.

“Kinder World” nodavlat ta'lim muassasasi Romitan uchun yangilik, muhim strategik obekt hisoblanadi. Chunki bu yerda 3-7 yoshli bolalar uchun eng malakali tarbiyachi murabbiylar o‘zbek, rus va ingliz tillarida ta'lim berishadi. Afsuski, kuchli dovuldan bog‘chamizning ichki va tashqi qismi jiddiy zarar ko‘rdi. “O‘zagrosug‘urta” AJ Buxoro filialining hududiy bo‘linmasi zararni o‘z vaqtida to‘liq qoplash uchun qariyb 77,5 million so‘m to‘lab berdi. Endi faoliyatimizni bemalol davom ettira olamiz. Bundan nafaqat men, balki yuzlab romitanlik bolalar, ularning ota-onalari ham xursand.

Ta'kidlash joizki, hozirgi kunda “O‘zagrosug‘urta” AJ boshqaruvi tomonidan tabiiy ofat zararlarini bartaraf etish ishlari butun viloyat miqyosida kengaytirildi. Tashkil etilgan tezkor ishchi guruhga sug‘urta hodisasi natijasida yuzaga kelgan to‘lovlardan tashqari, kuchli shamol tufayli faoliyatini davom ettirish imkoniyati so‘roq ostida qolgan tadbirkorlik sub'yektlariga ko‘maklashish vazifalari yuklatildi.

“Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida bankdan 27 million so‘m kredit olib, sakkiz sotix yerda qurgan issiqxonamizni shamol olib ketdi, deb so‘z ochdi olotlik yosh tadbirkor Kamoliddin Ergashev.

“Issiqhona asosan pomidor, bodring yetishtirishga mo‘ljallangan. Faqat pomidorni o‘zidan 50 million so‘mlik mahsulot sotishni kutgandim. Ilk hosildan kilosi 10-15 ming so‘mdan 250 kg mahsulot sotdim, xolos. Shamol tufayli issiqxona vayron bo‘ldi, birinchi hosildan ham ayrildim. Biroq “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasiga rahmat, faoliyatimni davom ettirish uchun 16,5 million so‘mga yaqin beg‘araz homiylik yordami ko‘rsatdi. Nasib qilsa, iyul oyida bodring mavsumidan kattaroq daromad olishga harakat qilaman. O‘zimni 21 yoshimda shunday jiddiy sinovga duch kelishim, tadbirkor sifatida erta sinmaganim uchun “O‘zagrosug‘urta”dan minnatdorman. Bu sohada xatarlarni boshqarish, ular bilan hisoblashish juda muhimligi anglab yetdim. Kelgusida ushbu kompaniya bilan mol-mulk, hosil kabi ihtiyoriy sug‘urta bo‘yicha shartnoma imzolamoqchiman”.  

  Umumiy hisobda “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan viloyat miqyosida “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratilgan kredit mablag‘lari qaytarilishi yuzasidan tadbirkorlik xavfini sug‘urta qilish” bo‘yicha qariyb 850 million so‘m mablag‘lar to‘lab berildi.

 “O‘zagrosug‘urta” AJ Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 