Korrupsiya — taraqqiyot kuşandasi. Jamiyatning rivojlanişiga tösqinlik qiluvçi, uning tanazzulga yuz tutişiga sababçi bölgan illatlardan biri korrupsiya hisoblanadi. Şu bois, korrupsiyaning oldini oliş, mamlakatimizda korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biridir. Bu, öz navbatida, korrupsiyaga imkon beruvçi sabablarni çuqur tahlil qiliş, korrupsion xavf-xatarlarni baholaş, korrupsiyaga qarşi içki nazorat (komplayens) tizimi orqali davlat organlarining oçiqligi va hisobdorligini oşiriş hamda manfaatlar töqnaşuvining oldini olişni taqozo etadi.

“Özagrosuğurta” AJ hamda Özbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi hamkorligida “Manfaatlar töqnaşuvini hal qilişning taşkiliy-huquqiy asoslarini takomillaştiriş” mavzusidagi seminar-trening taşkil etildi.

Seminarda korrupsiyaga oid qonun hujjatlari mazmun-mohiyati haqida “Özagrosuğurta” AJ tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarga Özbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining mas’ul xodimi tomonidan korrupsiyaga qarşi kuraşiş borasida davlat siyosati va uning ustuvor yönalişlari, manfaatlar töqnaşuvi yuzasidan batafsil axborot berildi.

Ta’kidlanganidek, 2016-2021 yillarda Özbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olişga qaratilgan 6 ta qonun, 6 ta Prezident farmoni, 7 ta Prezident qarorlari qabul qilinişi mamlakatimizda korrupsiyaga qarşi kuraşiş, unga barham beriş uçun zarur şaroitlar yaratib berdi. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida ijobiy yutuqlarga erişgan rivojlangan davlatlarning bu boradagi tajribasi şuni körsatmoqdaki, korrupsiya körinişlarining oqibati bilan kuraşiş emas, balki uni keltirib çiqarayotgan sabablarini bartaraf etiş öz samarasini beradi.

Mamlakatimizda sönggi yillarda davlat va jamiyat qurilişining barça sohalarida korrupsiogen omillarga çek qöyişga qaratilgan 70 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Bu borada taşlangan eng muhim qadam – Prezidentimiz tomonidan “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi qonunning imzolangani böldi. 2017 yilda qabul qilingan uşbu qonun bilan “korrupsiya”, “korrupsiyaviy huquqbuzarliklar”, “manfaatlar töqnaşuvi” kabi tuşunçalarga ta’rif berilgan. Davlatimiz rahbarining qarorlari bilan tasdiqlangan korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça davlat dasturlari doirasida “Davlat xaridlari töğrisida”gi, “Davlat-xususiy şeriklik töğrisida”gi, “Huquqiy axborotni tarqatiş va undan foydalanişni ta’minlaş töğrisida”gi, “Jamoatçilik nazorati töğrisida”gi qonunlarning qabul qilinişi bilan