Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda suğurta xizmati moliya-kredit institutining strategik sektorlaridan biri hisoblanadi. Aynan suğurta tufayli davlat va uning fuqarolarini, işlab çiqariş va ijtimoiy sohalarni zamonaviy jamiyatda juda köp töqnaş keladigan xavf-xatarlardan himoya qilişlari mumkin.

Mamlakat suğurta bozorining yetakçi iştirokçilaridan biri “Uzinsurance” (“Özagrosuğurta” AJ) mazkur yönalişda faoliyat samaradorligini ta'minlaş, yangi innovatsiyalarni joriy etiş, nafaqat mahalliy, balki xalqaro suğurta bozorida ham teng raqobatga kirişa oliş hamda davlat kafolatisiz xorijiy investitsiyalarni faol jalb qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida tarkibiy islohotlar amalga oşirilmoqda.

Mazkur sa'y-harakatlarning samarasi sifatida kompaniya ketma-ket uçinçi yil “Fitch” (Fitch) xalqaro reyting agentligi tomonidan “VV–” barqaror reytingiga ega böldi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy veb-saytida ma'lum qilindi.

“Fitch” hisobotlarida, 2020 yil yakunida “Özagrosuğurta” AJ kapitalizatsiyalaşuvi yetarli darajada ekanligi Solvency-I formulasi böyiça tölov qobiliyati marjasining normativ körsatkiçi 2,07x bölsa, bu körsatkiç 2019 yil oxirida 1,68x ni taşkil etgan.

Şuningdek, hisobotda kompaniyaning hayot suğurtasi bilan boğliq bölmagan xizmat turlari anderraytingi (xatarlarni baholaşi) daromadliligi körsatib ötilgan bölib, jumladan, kombinatsiyalaşgan koeffitsiyenti 2020 yilda 96 foizni, 2019 yilga nisbatan (105 foiz) yaxşi tarafga özgarganligi qayd etilib, buning asosiy sababi sifatida ma'muriy xarajatlar qisqartirilgani körsatib ötilgan.

Mazkur nufuzli xalqaro agentlik asosan moliya sohasida faoliyat olib borayotgan kompaniyalarning qimmatli qoğozlari, suğurta xizmati sifati va qamrovi, aktivlari hamda depozit portfeli, şuningdek, moliyaviy holatidan kelib çiqib baholaydi.

“Fitch” kompaniyasining mutaxassislari köp yillik tajribaga ega va kapital bozorlarini tahlil qilişda foydalaniladigan köplab mamlakatlarning içki iqtisodiy mexanizmlari töğrisida aniq bilimlarga ega. “Fitch”dan olingan tahlillar va prognozlar an'anaviy ravişda işonçli va oşkora hisoblanadi.

Dunyoning köplab investorlari “Fitch”ning kredit reytingiga tayanib iş köradi. Demak, “Özagrosuğurta” AJga jahon suğurta va qayta suğurta bozorlarida keng faoliyat olib boriş imkoniyati yaratilgan. Şuningdek, Jamiyat uçun mahalliy eksportyorlar va Özbekistonga sarmoya kiritmoqçi bölgan investorlarni suğurtaviy himoya orqali qöllab-quvvatlaş imkoniyati kengayadi.