Joriy yildagi «Baden-baden qayta suğurtalovçilar» yiğilişida dunyoning yirik qayta suğurta kompaniyalari va qayta suğurta brokerlaridan 2 850 nafardan ortiq vakillar qatnaşdi. Germaniyaning Baden şahrida har yili taşkil etiladigan mazkur yiğiliş 1995 yildan beri ötkazilib kelinadi.
Mazkur nufuzli yiğilişda «Özagrosuğurta» AJ vakillari tomonidan bir qator xalqaro hamkorlar bilan Jamiyat faoliyatining istiqboldagi rivoji uçun muhim strategik muzokara va uçraşuvlar ötkazilib, kelişuv şartnomalari imzolandi.
Jumladan, jahonning qayta suğurta bozorida uçinçi örinda turadigan Germaniyaning “Hannover Re” qayta suğurtalaş kompaniyasi bilan obligator hajmni optimallaştiriş, qaltisliklarni suğurtalaşda va tenderlarda qatnaşiş jarayonida kotirovkalarni nisbatan tez va minimal darajada oliş masalalarida hamkorlik qiliş istiqbollari muhokama qilindi.
Şuningdek, dunyoning eng yirik qayta suğurta kompaniyalaridan biri “Swiss Re” (Şveytsariya) kompaniyasi vakili Jamiyat bilan almaşinuv dasturi orqali kadrlar tayyorlaş borasida hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
AQŞning “AON” kompaniyasi (global suğurta böyiça maslahatçi bölib, dunyoning eng yirik suğurta brokeri hisoblanadi. Bugungi kunda 120 mamlakatda vakolatxonalari mavjud) vakillari Özbekiston suğurta bozori jadal rivojlanayotganini alohida e’tirof etib, fakultativ şartnomalar asosida qaltisliklarni dunyoning eng yuqori reytingli qayta suğurta kompaniyalarida joylaştiriş böyiça ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Suğurta va qayta suğurtalaş böyiça mustaqil broker “Köln & Reeker” taşkiloti qayta suğurtalovçilar, risk menejyerlarga keng kölamli maslahat va xizmatlarni taklif etadi. Mazkur broker bilan energetika va mol-mulk suğurtasida avtomatik körib çiqiş hamda javobgarlik hajmidan ortiqça qoğozbozliksiz foydalaniş, suğurta hodisasi röy berganda, qisqa muddatlarda suğurta tölovini körib çiqiş va taşkillaştiriş kelişuv şartnomasi imzolaşga kelişib olindi.

«Özagrosuğurta» AJ vakillari xalqaro yiğiliş çoğida butun jahon qayta suğurta markazi Lloyd’s bozorida yuqori öringa ega bölgan “











