Himoyasiz mulk huquqi: tiyiqsiz «snos»lar qaçongaça davom etadi?
|01:18 / 20.11.202011 32210 min
Özbekistonda investitsion jozibadorlik va tadbirkorlik rivoji haqida köp va xöb gapirilayotgan bir paytda, mulk huquqi – hamon yeçimini kutayotgan eng muhim muammolardan biri bölib qolmoqda.
Kun.uz'ga kelib tuşayotgan murojaatlarning katta qismi köçmas mulk daxlsizligi va yer munosabatlariga doir masalalardir. Bobur Akmalov «KUN.MUNOSABAT» ruknida jurnalistlar Tolib Rahmatov va Jamşid Niyozov bilan ayni mavzu yuzasidan fikr almaşdi.
Dastlab Tolib Rahmatov öz kuzatuvlari bilan örtoqlaşdi.
Tolib Rahmatov
«Menimça, Özbekiston mustaqil bölganidan boşlab xususiy mulk daxlsizligi konstitutsiyada yozib qöyilgan bölişiga qaramay, tom ma’noda ta’minlanmayapti. Ijtimoiy tarmoqlarda körib qolamiz, turli davlatlarda uylar çetlab ötilib, eksi uylar ham saqlab qolingan va yöl uy yonidan qurilgan. Bu degani öşa davlatda xususiy mulk daxlsizligi konstitutsiya darajasida ta’minlangan, qonunlar işlaydi. Bizda esa konstitutsiyada yozilgan-u, afsuski, bu amalda ta’minlanmaydi.
Masalan, Bekobod tumanida yoş tadbirkor autsionda xususiy mulk sifatida yer maydoni sotib olyapti, binoni qurişga ruxsat olib, quriliş boşlayapti. Lekin qonun işlaşini nazorat qiladigan tuman prokurori borib, qurilgan joyni buzyapti. Qonun himoyaçisi qonunsizlik qilyapti.
Yana bir misol. Qaşqadaryoda bitta yer maydoni 3ta tadbirkorga bölib berilyapti. Bir yer uçastkasi orada 9 oylik tanaffus bilan 3ta tadbirkorga berilyapti. Bitta tadbirkorning joyi autsionda sotilib ketgan, bittasining binosi buzilib ketgan, natijada ular ham binodan, ham pulidan ajralyapti. Lekin binoni qurolmayapti. Sudga, hokimning oldiga borib, qarorni bekor qilişini sörab, sarson bölyapti.
Yaqinda Toşkent şahar hokimligi va «Regent Corp»MÇJ örtasida ham katta şov-şuv böldi. Hokim bilan uçraşuv ham böldi. Unda MÇJ tarkibida bölgan investorlarning heç qaysi biri çet ellik emasligi aytildi. Vaholanki, Tashkent City qurilişida, Toşkent şahar hokimligi bizni çaqirganda şaxsan özim borganman. Şunda jurnalistlar investorlar orasida 19 yoşli germaniyalik ham borligi haqida savol bergan edi. Öşanda Toşkent şahar hokimi Ortiqxöjayev: «Menga Özbekiston fuqarosi böladimi, boşqami, farqi yöq. Menga investitsiya kiritsa böldi», degandi.
Mavzuga oid
Yaqinda bölgan uçraşuvda esa negadir şu gap ikki tomondan ham eslanmadi. Mening eng oxirgi xulosam şuki, bizda mulk huquqi konstitutsiyada belgilab qöyilgani bilan tom ma’noda himoya qilinmayapti», – deydi Tolib Rahmatov.
— Bunga özimiz, mulkdorlar, pul tikayotganlar, hokimiyat vakillari aybdor emasmi, ya’ni bu muammoning paydo bölişida özimizning hissamiz ham yöq emasmi?
Jamşid Niyozov
Jamşid Niyozov:— Töğri aytdingiz, bu yerda fuqarolarning ham hissasi bor. Çunki yillar davomida şakllangan tartib şunaqaki, deylik birov yer yoki nimadir sotib olmoqçi bölsa, qonundagi tartibni, aytilgan hujjatlarni yiğgisi kelmaydi-da, osonroq variant tanlaydi. Ya’ni 1-2 söm berib qöya qolay deb, aylanib ötişga harakat qiladi.
Biz ham tahririyatimizga eşik qoqib keladigan murojaatçilardan birinçi örinda şuni söraymiz. «Dardingizni aytib keldingiz, huquqlaringiz poymol bölyapti. Eng avval, boşida qinğirlik qilmaganmisiz, şu iş hujjatlarini, qarorni töğri olganmisiz?» deb sörab, amin bölganimizdan keyin şu işni örganişga kirişamiz. Çunki tadbirkorning özi qinğirlik qilib turgan joyda, siz u uçun kuraşişingiz xolislik bölmaydi.
— Yaqinda siz örgangan Olmazor tumanidagi holat. U yerdagi kiçik bir holat «snos»lar masalasida butun Özbekistondagi holatni körsatib berdi.
Jamşid Niyozov: — Bekatda quriladigan oddiy dökon. Kiçkina bölsa ham, u ham mulk. Bunga davlat hokimiyati organining özi ruxsat bergan, qaror çiqarilgan. Avtobus töxtaydigan oddiy bekatni zamonaviy holga keltiriş va şuning barobarida yonida tadbirkorlik qilişga ruxsat beriş. Bu böyiça qaror 2017 yilda çiqarilgan va tadbirkorga joy körsatib berilgan. U tegişli hujjatlarni rasmiylaştirgan, ammo ayrim hujjatlarni qilmagan, bu tomoni ham bor.
Endi, unga nisbatan aytilayotgan e’tirozlardan bittasi – oradan 3 yil ötgani, ammo tadbirkor haliyam quriliş qilmagani. Vaholanki, Yer kodeksiga köra, u 2 yilgaça quriliş qilişi kerak edi. Tadbirkor ikki marta harakat qilgani, işni ikki marta boşlaganini aytib, suratlarini ham taqdim etdi, biz ham uni e’lon qildik. «Ikki marta quriliş qilganimda Olmazor tumani hokimi örinbosari Abdurasul Vahobov oğzaki buyruq bilan buzdirib taşlagan», deyapti.
Tadbirkorning iddaosi şu. Afsuski, Abdurasul Vahobov bilan boğlanişning iloji bölmadi. Uning nomidan Olmazor tuman hokimi matbuot xizmati rahbari Dilfuza Rahimova tadbirkorga Abdurasul Vahobov tomonidan oğzaki yoki qonuniy kuçga ega körsatma berilmaganini aytdi.
— Bu holatda haqiqatni topdikmi? Bundagi ğalaba boşqa şunga öxşaş holatdagi ğalabalarga deboça bölişi mumkin.
Jamşid Niyozov: —Masalaning meni öylantiradigan jihati şuki, örtada hokim almaşgan. Hokim özgargandan keyin şunaqa narsalar yuzaga çiqyapti.
Hokim almaşişi juda köp muammolarni keltirib çiqaryapti.
Tolib Rahmatov:—Jamşidning fikrlariga qöşimça qilmoqçiman. Birinçidan, bu bekatlar mavzusi hali tugamaydi. Çunki Ortiqxöjayev hokim bölib kelgan paytda: «Bekatlardagi dökonlar yöq böladi, bekatlar faqat özining bekatlik vazifasini bajarişi kerak», deyilgandi. Oldingi hokim Rahmonbek Usmonov paytida, 2017 yillarda bekatlarni yangi dizaynga köçiriş boşlandi. Tadbirkor öşa joyni 2017 yilda olgan bölib çiqyapti...
— Toşkentda hokim özgarsa, bekatlar dizayni ham özgaradi...
Tolib Rahmatov: — «Snos» masalasi ham xuddi şunaqa. Mana, bozorlar ham qaytadan quriladi.« Bozorlarni zamonaviylaştirişimiz kerak», deb albatta buzadi. Yoki bölmasa yonib ketadi, keyin qayta qurişga töğri keladi. Natijada u yangi egaga sotiladi. Xalq orasida yurgan gapga köra, bu holat tumanga kelgan yangi hokimning pul qiliş usuli deyişadi.
Bu qançalik töğri yoki xatoligini bilmaymiz. Şuning uçun bu gap rost deb da’vo qilolmaymiz. Lekin bozorlar yonişi va qayta qurilişi bölib turibdi va bu bor gap.
— Muammoga yeçim qanaqa bölişi kerak deb öylaysizlar? Tuşunib turibmizki, qonun bor va u har doim ham işlamayapti…
Jamşid Niyozov: —Olmazor tumanidagi bekat misolida olib köraylik. Oradan 3 yil ötibdi. Mayli, Abdurasul Vahobov heç qanday qonunga zid oğzaki ham körsatma bermabdi, buzdirmabdi ham deylik. Muammo bor, endi buni qanday qilib yeçiş kerak? Agar şu bekat işga tuşadigan bölsa, kamida 1-2 kişi işli böladimi? 1-2 kişining rözğori qaynaydimi? Hozirgi pandemiya şaroitda bizni qiynaydigan masala işsizlik, daromadsizlik bölib turibdi. Bu bittagina misol. Şu masalani özaro murosaga kelib, bir stol atrofida ötirib, tadbirkorning vajlarini, iddaolarini eşitsa, murosa köçasini tanlaşning imkoni bor.
— Lekin bu bitta xususiy holat-da. Uyingni buzayotganlar tepasida uçastka noziri yoki prokuror tursa, dardingni kimga aytasan? Muammoga tizimli yeçim qanday bölişi mumkin?
Tolib Rahmatov: — Davlat rahbari 3 yil oldin yer sotilişi mumkinligi haqida aytgan edi. Yer tom ma’noda sotilmas ekan, «men ming yildan keyin yaşaydigan avlodim ham şu yerga egalik qiladi» degan niyatda yer sotib oliş huquqingiz tom ma’noda himoya qilinmas ekan, bu holatlar davom etaveradi.
Yer uçastkalari maxsus portal orqali sotiladi. Lekin hozir portalga kirib, Toşkent şahrida xususiy uy quriş uçun yer izlasangiz, topolmaysiz. Qöyilgan lotlarni körsangiz, heç kim bormas joylar. Vaholanki, şaharda köplab yangidan yangi uylar qurilyapti...
***
Quyida mulk huquqi va yerga oid munosabatlar böyiça sönggi bir oy içida Kun.uz e’lon qilgan suriştiruvlar havolasini keltirib ötamiz.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi