Gap şundaki, tadbirkor Rustam Muhammad va ayoli Dilnoza Nuriddinovaga 2017 yil tuman hokimining qarori bilan Şayxontohur tumani «Sarxumdon» MFYdan 24 sotix yer ajratib beriladi. Tadbirkorga mazkur hududda mahalla markazi binosi va maişiy xizmat körsatiş binolari qurişga ruxsat beriladi.

Rustam Muhammad

Tadbirkor ajratilgan hududning 4 sotixiga mahalla markazi qurişni boşlaydi. Qolgan 20 sotix esa mahalla markazi qurib berayotgani uçun tadbirkorga berilişi kerak bölgan. Markazning orqa tomonidagi ajratilgan hududda aholi qurilişga rozi bölmaydi. Şundan söng tumanning öşa vaqtdagi hokimi Odilxon Rustamov boşqa joydan yer ajratib berişini aytgan.

«Odilxon Rustamovdan söng tumanga Bahodir Ğoyibnazarov hokim bölib keldi. Menga ajratilgan hududni atrofliça örganişdi. Şundan söng hokim menga boşqa yerdan joy ajratib berişini aytib, tuman arxitektori va örinbosariga topşiriq berdi. Öşa vaqtlarda tuman hokimlarining yer ajratişiga vakolati bor edi.

Şundan söng menga boşqa joy topib, körsatişim kerakligini aytişdi. Şu köçani boşidan joy topib körsatdim. Arxitektor: «Hujjatlarni tayyorlayvering, kerakli joylardan ruxsatnomalarni oling, şu joyni sizga ajratib beramiz», dedi.

Hali menga boşqa joydan yer ajratilgani töğrisida qaror çiqmasdan, «Sarxumdon» MFY örnidagi eski töyxona va aholi garajlarini buzib, mahalla markazi binosini quriliş işlarini boşlaş kerakligini aytişdi. Xalqning oldida bergan va'dasiga işonib, hali qaror çiqmasdan mahalla markazi binosi qurilişini boşladik.

Körib turganingizdek, «Sarhumdon» MFY – Toşkentdagi eng katta binoga ega mahallalardan biri. 400 m.kv ga yaqin, 13 ta xonadan iborat.

Vaqtinça işni töxtatdik. Çunki bizga va'da qilingan yer ajratilişi paysalga solib kelinmoqda. 2017 yildan 2019 yilgaça Şayxontohur tumanida 4 ta hokim almaşdi. Mahalla markazi qurilişiga öşa vaqtda (2018 yil) 800 million sömga yaqin mablağ ketgan. Hozirda mahalla 95 foiz tayyor bölgan. Töliq qurilişni tugatib beraman, faqat bizga va'da qilingan yer ajratib berilmayapti», – deydi tadbirkor Rustam Muhammad.

Tadbirkorning ta'kidlaşiça, hokimlikka yer topib, körsatişga qörqib qolgan. «Çunki körsatilgan yerlarning hammasi yo egali bölib çiqyapti, yoki boşqa birovga berib yuborilyapti», – deydi u.

Şikoyatçining qilgan işlarini mahalla fuqarolari, nuroniylar ham tasdiqlaşdi. Hatto ular ham tadbirkorga va'da qilingan yer ajratilişini sörab bir neça bor yuqori taşkilotlarga murojaat qilgan. Çunki ayni vaqtda mahalla markazi masjid binosida joylaşgan. Ular ham tezroq yangi binoga köçib ötişni, binodagi kutubxona va nuroniylar uçun qurilgan xonalardan foydalanişni istamoqda.

Mahalla markazi qurilişini tadbirkor ham töliq tugatib berişini xohlaydi, lekin hokimlik va'dasini bajarmayotgani sababli iş töxtab qolgan.

«Yana bir mahalla markazini ta'mirlab, hududiy IIBga 30 million sömlik mebellar olib berdim. Lekin…»

Rustam Muhammadning sözlariga köra, u tumanning «Şodlik» mahalla markazini ham ta'mirlab bergan. Mahalla markazi yonidagi hududiy içki işlar bölimiga 30 million sömlik mebellar ham olib bergan. Evaziga va'da qilingan 10 sotix yer, «Sarxumdon» mahallasida bölganidek, berilmagan.

«Ikkinçi mahalla – «Şodlik» mahalla markazi ham rekonstruksiyaga tuşgan. Binoning tomlaridan çakki ötar edi. Biz hammasini olib taşlab, yangidan ta'mirlab berdik. Derazalarini ham almaştirdik. Içki qismini ham uyimizda yöq jihozlar bilan ta'mirladik.

Yonidagi hududiy IIBga öşa vaqtdagi hokim Oybek Mirtemirov iltimosiga binoan 30 millionlik mebellar olib berdik. Lekin va'da qilingan yer hanuzgaça berilmayapti», – dedi tadbirkor.

«Şodlik» MFY raisi Rustam Abruyev ham buni tasdiqladi. Uning aytişiça, mahalla markazidagi şaroit ança oğir bölgan: tadbirkor hamma narsani olib taşlagan, faqat tört devorni qoldirib, qaytadan zamonaviy qilib ta'mirlab bergan.

Rustam Abruyev

Raisning aytişiça, hokimlik tomonidan tadbirkorga va'da qilingan 10 sotix yer hozirgaça berilmayapti. Şuningdek, mahallada tadbirkorga beriladigan yer miqdoriça yerlar qolmagan.

«Şahar hokimligiga qaror loyihasini berganmiz» — tuman hokimligi

Behruz Hakimov

Şayxontohur tumani hokimining quriliş masalalari böyiça örinbosari Behruz Hakimovning aytişiça, bu tadbirkor işi böyiça qaror loyihasi şahar hokimligiga berilgan. Hozirça javob bölmagan.

«Bu tadbirkor haqiqatan ham tumanimizdagi «Sarhumdon» va «Şodlik» mahalla markazlarida quriliş işlarini qilgan. Qurilişda ozgina kamçiliklar bor, sababi mahalla guzarini quriş hisobiga yer maydoni ajratilişi kerak bölgan.

Bu haqda şahar hokimining qarori ilovasida manzili körsatilgan edi. Belgilangan yerda quriliş qilişga aholi tomonidan e'tirozlar köp böldi va yer ajratilmadi. Şu yilning boşlarida şahar hokimining qarori ilovasiga özgartiriş kiritiş böyiça qaror loyihasining şahar hokimiga tayyorlab berganmiz. Hozirda şahar hokimligi tomonidan bu muhokama qilinmoqda. Hozirça javob kelgani yöq», – deydi hokim örinbosari.

«Bizga qaror loyihasi kelib tuşmagan» — Toşkent şahar hokimligi

Poytaxt hokimining arxitektura, kapital quriliş va kommunikatsiya masalalari böyiça örinbosari kotibiyati mudiri Abduraşid Abdulazizov bu masala böyiça qaror loyihasi şahar hokimligiga kelib tuşmaganini ma'lum qildi.

Bu orada davlat amaldorlarining va'dasiga işongan tadbirkor 2 yildan beri sarson.

Ğayriqonuniy yöllar bilan emas, öz mehnati va sarmoyasi bilan biznes qilmoqçi bölganlarga munosabat bunday bölsa (çetdan investor kelişini qöya turing), tadbirkorlik qanday rivojlansin?

Tadbirkorni mahalla fuqarolari va raislari ham qöllab-quvvatlamoqda, hokimliklar esa... Ikki yillik kutiş yana qançaga çözilarkin?

Rahmatillo Isroilov, Kun.uz muxbiri.

Tasvirçi – Nuriddin Nursaidov.